» » Janubiy Koreyada bir sutkada 27 kishida koronavirus aniqlandi

Janubiy Koreyada bir sutkada 27 kishida koronavirus aniqlandi


Janubiy Koreyada so‘nggi bir sutkada koronavirus yuqtirib olgan 27 kishi aniqlandi. Epidemiya markazi bo‘lgan Tegu shahrida birorta ham yangi holat qayd etilmagan. Mamlakatda kasallanganlarning umumiy soni 10450 kishiga yetgan, 208 kishi vafot etgan. Bu haqda Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi (KCDC)ga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Janubiy Koreya epidemiologik xavf darajasini eng yuqori darajaga ko‘targan. Tegu shahri va Kyonsan-Pukto provinsiyasining uchta shahri asosiy halokat hududi deb e’lon qilingan. Mamlakat aholisidan 19-aprelga qadar o‘ta zarur hollardan tashqari ko‘chaga chiqmaslik so‘ralgan. Sport, ko‘ngilochar va diniy muassasalar yopilgan. O‘quv yili 9-apreldan onlayn rejimida boshlandi.

Janubiy Koreya Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi ma’lumotlariga ko‘ra, yangi qayd etilgan holatlarning beshtasi Seulda, to‘qqiztasi Kyongido provinsiyasida, yettitasi esa Kyonsan-Pukto provinsiyasida ro‘yxatga olingan. Qolgan holatlar mamlakatning turli hududlarida aniqlangan. Yangi qayd etilgan holatlarning beshtasi xorijdan kelganlarda aniqlangan.

O‘tgan bir sutkada 144 kishi kasalxonadan chiqqan, mamlakatda kasallikdan tuzalganlarning umumiy soni 7117 kishiga yetgan. Mamlakatda koronavirusni aniqlash bo‘yicha jami 477 mingta test o‘tkazilgan.

Mamlakatda kasallikdan vafot etgan 208 kishining 142 nafari Tegu shahrida qayd etilgan, yana 48 kishi Kyonsan-Pukto provinsiyasida vafot etgan. Kyongido provinsiyasida 11 kishi, Seulda ikki kishi, Pusanda esa uch kishi qurbon bo‘lgan. Ulsan shahri va Kanvondo provinsiyasida bittadan o‘lim qayd etilgan.

Avvalroq Janubiy Koreyada kasallanish holatlari kamayayotgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют