» » “Anri “Barselona”ga kelgan ilk kunda uning ko‘ziga qaray olmaganman” — Messi

“Anri “Barselona”ga kelgan ilk kunda uning ko‘ziga qaray olmaganman” — Messi


“Barselona” hujumchisi Lionel Messi sobiq jamoadoshi Tyerri Anri haqidagi xotiralar bilan o‘rtoqlashdi.

“Anri kiyinish xonasiga tashrif buyurgan ilk kunda uning ko‘ziga qaray olmaganman. U Angliyada nimalarga erishganini bilardim. U vaqtda men uchun uning obrazi shakllangandi, keyin esa Tyerri bilan bir jamoa o‘ynaydigan bo‘ldik.

Anri yengil harakatlar bilan gol urishi va o‘yindagi intriganing o‘ldirishi menga yoqardi. Tabiiyki u boshqalarda taassurot qoldira olardi”, — deydi Messi.

Fransiyalik futbolchi 2007—2010-yillar mobaynida “Barselona”da to‘p surgan. Anri katalon klubi safida 121 o‘yin o‘tkazib, 49 golga mualliflik qilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 107) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют