» » Singapurda maktab darslarini Zoom dasturi orqali o‘tkazish taqiqlandi

Singapurda maktab darslarini Zoom dasturi orqali o‘tkazish taqiqlandi


Singapur Ta’lim vazirligi darslardan biri xakerlar tomonidan buzilib, behayo suratlar joylashtirganidan so‘ng maktab mashg‘ulotlarini Zoom platformasi orqali o‘tkazishni taqiqladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea o‘rta maktablardan birida 8-aprel — mahalliy maktablarda darslar to‘xtatilib, masofaviy ta’lim olishga o‘tgan kuni sodir bo‘lgan.

“Onlayn-darslar o‘tkazilishi davom etadi, ammo buning uchun boshqa platforma tanalanadi”, — deya vazirlikning 10-aprel kuni tarqatilgan xabarini keltirmoqda ta’lim texnologiyalari bo‘limi boshlig‘i Aron Lo. Uning aytishicha, o‘qituvchilar bunday platformalardan foydalanganda darslarni qanday qilib xavfsiz o‘tkazish keraligi bo‘yicha yana bir bor ko‘rsatmalar oldi. Shuningdek, vazirlik xodimlari ham zarur xavfsizlik choralarini ishlab chiqish borasida Zoom servisi vakillari bilan maslahat olib borayotganini qo‘shimcha qilgan.

Avvalroq Google kompaniyasi o‘z xodimlariga xavfsizlik standartlariga javob bermaydigan Zoom dasturini kompyuterlarga o‘rnatishni taqiqlagani xabar berilgan edi.

Zoom videokonferensaloqa dasturi kompaniya xodimlari orasida koronavirus pandemiyasi sabab masofadan turib ishlashga o‘tilganidan keyin ommalashdi. Kompaniyaning kapitalizatsiyasi uch barobarga ko‘payib, kunlik foydalanuvchilar soni 200 milliondan oshdi.

Mavzuga doir: Yaponiyada karantindagi talabalar bitiruv kechasida planshet o‘rnatilgan robotlar yordamida ishtirok etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 125) ( 0) ( 123) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют