» » Mayk Tayson: “Bokschilar har doim MMA jangchilardan ko‘ra ko‘proq pul topadi”

Mayk Tayson: “Bokschilar har doim MMA jangchilardan ko‘ra ko‘proq pul topadi”


Boks bo‘yicha og‘ir vazn sobiq mutlaq chempioni Mayk Tayson MMA yakkakurashchilari qilgan mehnatiga yarasha juda kam mablag‘ topishini aytdi.

“Aralash yakkakurashlarda tomoshabin soni boksdagidan ko‘proq. Biroq bokschilar har doim MMA jangchilariga qaraganda ko‘proq pul topadi. Nega bunday bo‘layotganini tushuntirish qiyin. Bunda hech qanday ma’no yo‘q. Tushuntirib bera olmayman.

Biroq fikrimcha, MMA yakkakurashchilariga munosib haq to‘lanmaydi. Ularda janglar tomoshabob va ehtirosli. Biroq jangchilarga haqiqatda juda kam to‘lashadi”, — deydi Tayson.

53 yoshli Tayson professional boksdagi faoliyatini 1985-yili 18 yoshida boshlagan. U 58 jang o‘tkazib, 50 ta g‘alabaga eirishgan (shularning 44 tasi nokaut bilan yakunlangan) va olti bor mag‘lub bo‘lgan, yana ikki bahs natijasi hisobga olinmagan.

Mavzuga doir: UFC 249 musobaqasi ham koronavirus sabab bekor qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют