» » Olimlar karantin qachongacha davom etishi kerakligini ma’lum qildi

Olimlar karantin qachongacha davom etishi kerakligini ma’lum qildi


Karantin choralari koronavirusga qarshi vaksina topilmaguniga qadar davom etishi kerak, deb yozadi The Guardian.

Gonkong universiteti olimlari Xitoy qat’iy karantin chora-tadbirlari sabab epidemiyaning birinchi to‘lqinini nazorat ostiga olishga muvaffaq bo‘lgani haqida ogohlantiradi. Biroq, ta’kidlanishicha, hozirda mamlakatda COVID-19 bilan yangi kasallanish holatlari qayd etilmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, karantin choralarini sekin-astalik bilan kamaytirib, mamlakatda virus tarqalishini nazorat qiluvchi mavjud vositalarni ishga solish kerak. Buni koronavirusga qarshi vaksina topilmaguniga qadar amalga oshirish lozim.

Shuningdek, xorijdan virusni “olib kirish” ehtimolini hamda mamlakatni kerakli resurslar va tibbiyot xodimlari bilan ta’minlash ahamiyatini unutmaslik lozim.

Mavzuga doir: Olimlar koronavirus qachon eng yuqori darajaga chiqishi mumkinligini aniqladi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda o‘tgan bir sutkada koronavirusga chalinish bo‘yicha 42 ta yangi holat qayd etilgan, bir kishi vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют