» » Tramp “Xitoy va Rossiyaning dezinformatsiyasiga” qaramay, AQSh yetakchiligini namoyish etish uchun Italiyaga yordam beradi

Tramp “Xitoy va Rossiyaning dezinformatsiyasiga” qaramay, AQSh yetakchiligini namoyish etish uchun Italiyaga yordam beradi


AQSh prezidenti Donald Tramp “Xitoy va Rossiyaning dezinformatsiya kampaniyasiga” qaramay mamlakatning yetakchiligini namoyish etish istagida Italiyaga yordam ko‘rsatish bo‘yicha memorandumni imzoladi. AQShda COVID-19 koronavirusi bilan kasallanish bo‘yicha 502 mingga yaqin holat qayd etilgan bo‘lsa, Italiyada — 147 mingdan ortiq, deb xabar beradi “Kommersant”.

“AQSh hukumatining birinchi darajali majburiyati amerikaliklar haqida qayg‘urish bo‘lishiga qaramay, COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda Italiyaga ko‘rsatilgan yordam iqtisodiy inqiroz oqibatlarini yumshatishga, shuningdek, AQShning Xitoy va Rossiya tomonidan amalga oshirilayotgan dezinformatsiya kompaniyasiga qaramay, yetakchiligini namoyon etadi”, — deyiladi memorandumda.

Avvalroq AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo Rossiya, Xitoy va Eronni koronavirus haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatishda ayblagan edi. Davlat kotibining so‘zlariga ko‘ra, ular AQShning COVID-19’ga qarshi kurash yo‘lidagi harakatlarini obro‘sizlantirishga uringan.

Mavzuga doir: AQSh O‘zbekistonga COVID-19 koronavirusiga qarshi kurashda qo‘shimcha yordam ko‘rsatadi

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Italiyaga bemorlarni davolash va binolarni dezinfeksiya qilishda yordami tegadigan harbiy mutaxassislarni yuborgan edi. Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel shundan so‘ng, Moskva va Pekin koronavirus pandemiyasidan o‘z ta’sirini kengaytirish yo‘lida foydalanayotganini ma’lum qilgandi. Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte Rossiya Rimga siyosiy maqsadlarni ko‘zlab yordam berayotgani to‘g‘risidagi fikrlarni “chuqur haqorat” deb atagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют