» » B Seriya klubi prezidentida koronavirus aniqlandi

B Seriya klubi prezidentida koronavirus aniqlandi


Italiyaning “Pordenone” klubi prezidenti Mauro Lovisa koronavirusga chalindi. Bu haqda B Seriya klubi rasmiy saytida ma’lum qilindi.

“So‘nggi soatlar ichida OAVda koronavirusga chalinganim haqidagi xabarlarni inobatga olgan holda shuni aytmoqchiman: ha, men ham bu la’nati virusga yo‘liqdim va o‘zimni yaxshi his qilmoqdaman, biroq hozircha to‘liq tuzalganim yo‘q. Keyingi hafta yangi tahlil topshiraman, umid qilamanki, bu yoqimsiz onlar ortda qoladi”, — deya 55 yoshli funksioner so‘zlarini keltirmoqda “Pordenone” matbuot xizmati.

“Pordenone” joriy mavsum B Seriyaning 28 o‘yinida 45 ochko to‘plagan holda to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Mavzuga doir: “Liverpul” afsonasi Kenni Dalglishda ham koronavirus aniqlandi

Italiyada 12-aprel holatiga koronavirusga chalinganlar soni 152 mingdan oshdi. 19 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют