» » Futbol bo‘yicha A Seriya 2019/20-yilgi mavsumi 24-mayda qayta tiklanishi mumkin

Futbol bo‘yicha A Seriya 2019/20-yilgi mavsumi 24-mayda qayta tiklanishi mumkin


Italiyada sport musobaqalari, xususan, A Seriya o‘yinlari may oyida qayta tiklanishi mumkin.

Italiya futbol federatsiyasi, A Seriya rahbariyati va sport vaziri Vinchenso Spadafora Italiya chempionatini qayta tiklash borasida reja tuzmoqda, deya xabar qilmoqda Adnkronos.

Italiyada koronavirus epidemiyasini yuqtirish darajasi pasaygan taqdirda jamoa mashg‘ulotlari 3-maydan, mavsum esa 24 yoki 31-may kuni qayta tiklanishi mumkin. Ayni damda mamlakatda kasallanishlar sonining o‘sishi biroz pasaygan.

Mashg‘ulotlar boshlanishidan avval o‘yinchilar va ularning yaqin qarindoshlari koronavirusga tekshiriladi va izolyatsiyaga yuboriladi. Barcha tahlillar qoniqarsiz natija bersagina mashg‘ulotlarga ruxsat etiladi.

Italiya chempionatining 2019-20-yilgi mavsumi koronavirus sabab 26-turga kelib to‘xtab qolgandi. “Yuventus” 63 ochko to‘plagan holda peshqadamlik qilmoqda, undan bir ochko kam jamg‘argan “Latsio” ikkinchin o‘rinni band etgan.

3-aprel sanasiga kelib Italiyada koronavirus yuqtirib olganlar soni 115 mingdan ortiq. 18 mingdan ortiq kishi sog‘ayib ketgan bo‘lsa, qurbonlar soni 14 ming nafarga yaqinlashib qoldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют