» » Janubiy Koreyada koronavirusni yuqtirib olganlar soni 10 ming nafardan oshdi

Janubiy Koreyada koronavirusni yuqtirib olganlar soni 10 ming nafardan oshdi


Janubiy Koreyada bir sutka ichida koronavirusni yuqtirib olish bo‘yicha 32 ta yangi holat qayd etildi, 125 nafar kishi kasallikdan tuzaldi va mamlakat miqyosida COVID-19 ni yuqtirib olganlarning umumiy soni 10 512 nafarga yetdi. Koreya Respublikasida 214 nafar odam koronavirus oqibatida vafot etgan. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazlari tashkiloti (KCDC) ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bergan.

Avval COVID-19 kasalligidan halok bo‘lganlar sonining 211 nafarga yetgani haqida xabarlar berilgandi. Janubiy Koreya hukumati epidemiologik xatar darajasini oliygacha ko‘targan. Tegu va Kyonsan-Pukto viloyatining uchta shahri falokatning alohida hududlari sifatida ajratib qo‘yilgan. Fuqarolardan 19-aprelgacha zarurat bo‘lmaganda uydan chiqmaslik so‘ralgan, sport, ko‘ngilochar va diniy idora hamda tashkilotlar faoliyati to‘xtatilgan.

Mavzuga doir: Tashqariga chiqa olmayotganlar uchun bahoriy go‘zallik aks etgan suratlar

KCDC ma’lumotiga ko‘ra, 12-aprel mahalliy vaqt bilan soat 00:00 holati bo‘yicha Seulda 3 ta, Teguda 2 ta, Kyongido provinsiyasida 4 ta, Kyonsan-Pukto provinsiyasida 3 ta kasallanish qayd etilgan. 24 nafar fuqaroning kasallikni xorijdan yuqtirib qaytgani aytilmoqda.

Ortda qolgan bir sutka ichida 125 nafar bemor kasallikdan tuzalib, kasalxonadan chiqarilgan, koronavirusdan tuzalganlarning umumiy soni 7368 nafarga yetgan. 90 nafardan ko‘proq odamning organizmida ular tuzalganidan keyin ham virus saqlanib qolgani kuzatilmoqda, KCDC koronavirusning qaytalash holatlari yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazilayotganini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: AQSh Janubiy Koreyaning Eronga gumanitar yordam jo‘natishiga ruxsat berdi

Bir sutka ichida yana 3 nafar odam koronavirus keltirib chiqargan pnevmoniya oqibatida vafot etgan, qurbonlarning umumiy soni 211 nafarga yetdi. Tegu shaharida 146 nafar, Kyonsan-Pukto provinsiyasida 49 nafar, Kyongido provinsiyasida 12 nafar, Seulda 2 nafar va Pusanda 3 nafar odam vafot etgan. Ulsan shahri va Kanvondo provinsiyasida ham qurbonlarning soni bir nafardan ekani aytilgan.

Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallanganlarning 5 ming nafardan ortig‘i — “Sinchxonchji” diniy oqimini targ‘ib qiluvchi tashkilot a’zolari. Ommaviy to‘planishlar oqibatida COVID-19 ni yuqtirib olganlar umumiy sonning 81,7 foizini tashkil qiladi. Kamida 910 ta holatda fuqarolar koronavirusni xorijda yuqtirib, mamlakatga qaytgan.

10-aprel kuni Janubiy Koreyada bir sutkada 27 kishida koronavirus aniqlangani, epidemiya markazi bo‘lgan Tegu shahrida birorta ham yangi holat qayd etilmagani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют