» » Arkanzasda 7 nafar mahbusning qatli tibbiy preparatlar ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan tortishuv tufayli qoldirildi

Arkanzasda 7 nafar mahbusning qatli tibbiy preparatlar ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan tortishuv tufayli qoldirildi


AQShning Arkanzas shtati sudlari 7 nafar mahbusga nisbatan chiqarilgan o‘lim jazosi ijrosini zaharlovchi moddalar ishlab chiqaruvchi McKesson kompaniyasi noroziligi sababli qoldirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Qotilligi uchun oliy jazoga hukm qilingan 7 nafar erkakning qatli aprel oyiga mo‘ljallangan edi. Ularga og‘riq qoldiruvchi va yana ikki modda inyeksiya qilinishi ko‘zda tutilgandi. Preparatlardan biri yurak, ikkinchisi esa o‘pka faoliyatini to‘xtatishga mo‘ljallangan.

Shtat rasmiylari mazkur preparatlardan birini kompaniyadan sotib olgan, biroq uning nima maqsadda ishlatilishiga izoh bermagan.

McKesson vakillari preparat tibbiy maqsadda ishlatilishini taxmin qilgan edi, biroq u jinoyatchilarni qatl etish uchun foydalanilishini bilganidan so‘ng, kompaniya Arkanzas rasmiylaridan kelishuvni bekor qilish va preparatni qaytarishni talab qildi, ammo hozirgacha bu amalga oshirilmadi.

Shtat oliy va okrug sudlari bu boradagi tortishuv yakuniga yetgunga qadar 7 nafar mahbus qatlini qoldirishga qaror qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-04-2017, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 126) ( 0) ( 123) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют