» » Xorazmda Tuproqqal’a tumani hokimligini tashkil etish to‘g‘risidagi Prezident qarori e’lon qilindi

Xorazmda Tuproqqal’a tumani hokimligini tashkil etish to‘g‘risidagi Prezident qarori e’lon qilindi


“Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumanini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar bergan.

Qarorga muvofiq, Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumani hokimligi tashkil etildi. Qaror bilan davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalarining Tuproqqal’a tumanidagi bo‘linmalari ro‘yxati hamda ushbu tumanni tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etish bo‘yicha respublika komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.

Respublika komissiyasi tumanni tashkil etish bilan bog‘liq zarur kompleks tashkiliy-texnik tadbirlar rejasini ishlab chiqadi, shuningdek, yuzaga keladigan ijtimoiy masalalarning o‘z vaqtida hal etilishini ta’minlaydi.

Tumanda qo‘shimcha shtat birliklari ajratilgan holda adliya bo‘limi va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari, shuningdek, davlat xizmatlari markazi tashkil etiladi.

2020-yil 1-sentabrga qadar tuman markazining 2035-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi ishlab chiqiladi.

Shuningdek, tumanning butun hududi uchun “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasida belgilangan imtiyoz va preferensiyalar amal qilishi belgilandi.

Avval Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar qator qonun loyihalari bilan bir qatorda Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumanini tashkil etish hamda Hazorasp tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani ham ko‘rib chiqqani haqida xabar berilgandi. Xabarda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 12—13-mart kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriq asosida Hazorasp tumani Pitnak shahri hududidagi “A.Ibragimov”, “Muhabbat”, “Navbahor”, “Yoshlik”, “Sharlauq” “Oxunboboyev”, “Obod”, “Sayapir”, “Shexlar”, “Pastom” va “Saidlar” hamda Tuproqqal’a maskani hududidagi “Sarimoy”, “Nukus”, “Hazorasp” va “Tuproqqal’a” mahallalari tashkil etilayotgan Tuproqqal’a tumani tarkibiga o‘tkazilishi, Pitnak shahri esa Tuproqqal’a tumanining ma’muriy markazi etib belgilanishi aytilgandi.

2020-yil 31-yanvarda hukumat qarori bilan Surxondaryoda Bandixon tumani hokimligi tashkil etilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 95) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют