» » O‘zbekistonda “Yil talabasi” tanlovi joriy etiladi

O‘zbekistonda “Yil talabasi” tanlovi joriy etiladi


Ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi tarkibida Talabalarning media ijtimoiy faoliyati va madaniy dam olish maskani tashkil etildi.

Qaror bilan Markaz faoliyatini takomillashtirish hamda talaba va o‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Ushbu dasturga ko‘ra, “Yil talabasi” tanlovini joriy etish va uni har yili o‘tkazib borish belgilandi.

Shuningdek, har bir ta’lim muassasasida notiqlik mahoratiga ega bo‘lgan talaba (yoki o‘quvchi)lardan iborat “Yosh targ‘ibotchilar klubi” hamda “IQ-Shou” teletanlovi tashkil etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2018, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют