» » “Real” Obameyang bo‘yicha “Arsenal”ga so‘rov yubordi

“Real” Obameyang bo‘yicha “Arsenal”ga so‘rov yubordi


Madridning “Real” jamoasi “Arsenal” hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang transferi borasida so‘rov yubordi, deya xabar qilmoqda France Football.

Ta’kidlanishicha, “Arsenal” mavsum yakunlariga ko‘ra Chempionlar Ligasiga chiqa olmasa gabonlik futbolchi taklifga rozilik bildiradi. Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgan taqdirda londonliklar jamoasi Obameyangning maoshini oshirgan holda yangi shartnoma taklif qilishi yoki 2021-yilda shartnomasi o‘z nihoyasiga yetadigan futbolchini tekinga qo‘yib yuborishiga to‘g‘ri keladi.

Avvalroq Obameyang xizmatlariga “Barselona” va “Manchester Yunayted”dan qiziqish borligi xabar qilingandi. Katalon klubi dastlabki muzokaralarni o‘tkazishga ham ulgurgan.

Obameyang “Arsenal”ga 2018-yilning yozida “Borussiya D” safidan o‘tgan. Transfer 60 million funtni tashkil qilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют