» » AQShda o‘tgan bir sutka ichida 1509 kishi koronavirus oqibatida vafot etdi

AQShda o‘tgan bir sutka ichida 1509 kishi koronavirus oqibatida vafot etdi


AQShda ketma-ket to‘rtinchi kun qurbonlar soni kamayishda davom etmoqda — o‘tgan bir sutka ichida koronavirus oqibatida 1509 kishi vafot etdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

10-mart kuni AQShda COVID-19 qurbonlari soni 2,1 ming kishidan oshib ketgandi, shundan buyon pasayish davom etmoqda. Universitet ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda qariyb 582 ming kishida koronavirus aniqlangan bo‘lib, jami qurbonlar soni 23 621 kishiga yetgan.

Avvalroq Nyu-York meri Bill de Blazio shaharda koronavirus bilan kasallanganlar va kasalxonaga yotqizilganlar soni kamayganini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: Donald Tramp AQShda koronavirus o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqanini ma’lum qildi

Eslatib o‘tamiz, 12-aprel kuni AQSh koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha dunyoda birinchiga aylangan, tarixda ilk bor barcha shtatlarda yirik halokat rejimi e’lon qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют