» » Oflayn-omonatlar omonatchilarga pul keltirishda davom etmoqda!

Oflayn-omonatlar omonatchilarga pul keltirishda davom etmoqda!


Karantin davrida aholiga zarur ehtiyojsiz uydan chiqish tavsiya etilmaydi, shuning uchun ko‘plab omonatchilar o‘zlari shaxsan bankka kelish va pullarini olish imkoniyatiga ega emaslar. Lekin ayni paytda bank bo‘linmalarida ochilgan ko‘plab omonatlarning muddati oxiriga yetdi yoki yetmoqda. “Kapitalbank” filiallarida ochilgan va muddati karantin davrida tugaydigan omonatlarni qayta rasmiylashtiradi. Barcha omonatlar foyda keltirishda davom etadi.

“Kapitalbank”ning so‘mdagi omonatlari yillik foiz stavkasi 21% li “Navro‘z” omonatiga o‘tkaziladi. AQSh dollaridagi omonatlar omonatchilarga yiliga 5%daromad keltiradigan Kapital omonatiga o‘tkaziladi. Omonatlarning muddatlari – 36 oy.

Bu amalda nimani bildiradi? Endi agar omonat muddati karantin davrida tugaydigan bo‘lsa, pullar karantin tugaguncha “o‘lik yuk“ bo‘lib yotmaydi, balki avtomat tarzda faollashib, foyda keltirishda davom etadi.Ya’ni omonatlar xuddi “davom etayotgandek” bo‘ladi. “Kapitalbank”ning plastik kartalari bo‘lgan omonatchilar Apelsin mobil ilovasini yuklab olishlari va uning tasdiqlangan foydalanuvchilari bo‘lishlari mumkin, bu ularga omonatlarining holatini va hisoblangan foizlarni kuzatib borish imkonini beradi. Bunda omonatchilar omonatdagi pul mablag‘larini qisman yechib olishi yoki hatto muddatidan ilgari yopishi mumkin bo‘ladi. Agar omonatchi pullarini muddatidan oldin yechib olishni xohlasa, u omonatning to‘liq omonatda turgan har bir oyi uchun foizlarni oladi.

“Kapitalbank” ning plastik kartalari bo‘lmagan Toshkentdagi omonatchilar “Kapitalbank” Humo kartalarini buyurtma qilishlari mumkin, ular yetkazib berish xizmati orqali mutlaqo bepul uylariga yetkazib beriladi. Yetkazib berish xizmati ishlab turgan boshqa shaharlarda “Kapitalbank” Uzcard kartalarini bepul olish mumkin.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют