» » Toyota yangi avlod Harrier krossoverini taqdim etdi (foto)

Toyota yangi avlod Harrier krossoverini taqdim etdi (foto)


Toyota kompaniyasi yangi avlod Harrier krossoveriga oid ma’lumotlar bilan bo‘lishdi. Texnik jihatdan RAV4 modeliga o‘xshash yo‘ltanlamas o‘zidan oldingi vakilning umumiy jihatlarini saqlab qolgan va birinchi bor elektroxom oynali panorama tomga ega bo‘ldi, deb xabar beradi Motor.

To‘rtinchi Harrier Toyota’ning so‘nggi modellari kabi ko‘ndalang joylashgan dvigatelga ega bo‘lib, old tomondan Makferson tirgaklari va orqa tomondan ikkitalik yon richaklar bilan GA-K (TNGA) platforma modulida yig‘ilgan. Shuningdek, Harrier’ga tormoz impulslari va rulni boshqarish hisobiga burilishlarda yuzaga keladigan noaniqlikni kamaytirish imkonini beradigan Active Cornering Assist tizimi o‘rnatilgan.

Modelga Direct Shift-CVT variatorli 171 ot kuchiga ega 2,0 litrli atmosfera dvigateli va 2,5 litrli motor bazasidagi THS II gibrid kuch tizimi o‘rnatilgan.

To‘rtinchi avlod Harrier’ning saloni sifatli materillar uyg‘unligida hashamatli tarzda bezatilgan. Markaziy konsol egar ko‘rinishida ishlangan: dekorativ elementlar egilgan yog‘och ko‘rinishida bo‘lib, o‘rindiqlar va old panellar sun’iy charm bilan qoplangan. Bundan tashqari, Harrier’ga birinchi bor xiralashtirish funksiyasiga ega eletroxrom panorama tom o‘rnatilgan.

Shu bilan birga, yangi modelga Toyota Safety Sense xavfsizlik tizimi o‘rnatilgan bo‘lib, u piyoda yoki velosipedni ko‘rganida avtomatik tormozlanish funksiyasiga ega. Krossover avtoturargohga joylashish imkonini beruvchi old va orqa datchiklar hamda raqamli salon oynaga ega.

Yangi Toyota Harrier’ning savdosi Yaponiyada yoz faslida boshlanadi. Narxi hozircha noma’lum.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют