» » O‘zbekistonda aholi mart oyida kuniga o‘rtacha 13,3 mln dollar sotib olgan bo‘lsa, 13-aprelda bu ko‘rsatkich 22 mln dollarga yetgan

O‘zbekistonda aholi mart oyida kuniga o‘rtacha 13,3 mln dollar sotib olgan bo‘lsa, 13-aprelda bu ko‘rsatkich 22 mln dollarga yetgan


O‘zbekistonda aholi va tadbirkorlarning valyuta kursi bo‘yicha kutilmalari yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Natijada, Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotovning ma’lum qilishicha, Respublika valyuta birjasida taklif sezilarli kamaygan bo‘lsa, valyuta ayirboshlash shoxobchalarida aholi tomonidan valyuta sotib olinishing hajmi yuqori sur’atlarda oshishi saqlanib qoldi.

“Xususan, aholi tomonidan mart oyida o‘rtacha kunlik 13,3 million dollarlik valyuta sotib olingan bo‘lsa, aprel oyining ikkinchi o‘n kunligidan boshlab bu summa keskin oshdi. 10-aprelda 19,5 million dollarni tashkil etdi, 13-aprel kuni esa 22 million dollarga yetdi”, — deya ma’lum qildi Markaziy bank raisi 15-aprel kuni bo‘lib o‘tgan brifingda.

Nurmurotovning ta’kidlashicha, shunday holat yuridik shaxslar segmentida ham aprelning ikkinchi dekadasidan boshlab kuzatilmoqda — ular tomonidan mart oyida valyuta birjasida o‘rtacha kunlik 37,5 million dollarlik valyuta sotib olingan bo‘lsa, 10-apreldan boshlab o‘rtacha kunlik talab 30 foizga oshgan.

“Ayni vaqtda mart oyida o‘rtacha kunlik valyuta sotish bo‘yicha takliflar 21,5 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 10-apreldan keyin valyuta sotish hajmi qariyb 40 foizga pasaydi”, — dedi Mamarizo Nurmurotov.

Mavzuga doir: Markaziy bank raisi: O‘zbekistonda valyuta oldi-sotdisiga cheklov kiritilmaydi

Eslatib o‘tamiz, 14-apreldan boshlab O‘zbekistonning bir qator banklari dollarni 10 ming so‘mdan yuqori qiymatda sotish va sotib olishni boshladi. 15-aprel kuni esa valyuta birjasidagi savdolar chog‘ida dollar kursi 10 121 so‘mgacha ko‘tarildi, Markaziy bank esa 16-apreldan dollarning rasmiy kursi aynan 10 121 so‘m bo‘lishini e’lon qildi.

Qayd etish joiz, 14-mart kuni O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi asosiy stavka (avvalgi qayta moliyalash stavkasi)ni 1 foiz bandga pasaytirib, yillik 15 foiz darajasida belgilash haqida qaror qabul qilgan edi.

Mavzuga doir: “O‘zbekistonda karantin may oyida ham davom etishi ehtimoli ancha katta” — Jamshid Qo‘chqorov



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют