» » Bahrom Ashrafxonov O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchisi lavozimiga tayinlandi

Bahrom Ashrafxonov O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchisi lavozimiga tayinlandi


2020-yilning 14-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasining Ozarbayjon Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Bahrom Ashrafxonov Toshkent shahridan Boku shahriga yetib bordi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Ashrafxonov bunga qadar Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi ijrochi direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.

Bahrom Ashrafxonov 1969-yilda tug‘ilgan. 1990-yilda Toshkent politexnika institutini, 1993-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va 1994-yilda AQShdagi Kentukki universitetini tamomlagan.

U 2016—2018-yillarda O‘zbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi, 2018-yil sentabr oyidan 2019-yil fevraligacha “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi vazifasini bajaruvchi, 2019-yilning fevral oyidan sentabrga qadar moliya vazirining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 03:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют