» » Germaniyada karantin choralarining qisman bekor qilinishini e’lon qilindi

Germaniyada karantin choralarining qisman bekor qilinishini e’lon qilindi


Germaniya kansleri Angela Merkel kelasi haftadan boshlab mamlakatda e’lon qilingan karantin choralarining qisman yengillashtirilishini bildirdi. U ushbu bayonotni Berlinda barcha federal yerlar rahbarlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ma’lum qilgan, deya xabar berdi Bloomberg.

Merkel koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashda ma’lum ma’noda muvaffaqiyatga erishilganini qayd etib, hali mamlakatda bu borada amalga oshirilgan ishlar samarasi maqtanadigan yoki o‘zni erkin his qila oladigan darajada emasligini ta’kidladi.

Merkelning so‘zlariga ko‘ra, kelasi haftadan boshlab mamlakatda maydoni 800 kvadrat metrdan katta bo‘lmagan velosiped va kitob do‘konlarining ochilishiga ruxsat etiladi. 4-maydan maktablardagi ta’lim qayta boshlanadi va sartaroshxonalar faoliyati ham tiklanadi.

Merkel mamlakatdagi to‘liq normal hayotga bir necha hafta yoki oydan keyin qaytish kutilayotganini aytib o ‘tdi. Restoran, bar, kinoteatr, mehmonxona va fitness-klublar yopiq bo‘ladi, cherkovga borishga taqiq ham saqlanib qoladi. Ommaviya tadbirlar, jumladan, muxlislar ishtirokidagi futbol uchrashuvlarini o‘tkazishga avgustdan erta ruxsat berilmaydi.

Germaniya aholisidan hali ham ijtimoiy masofalanishga rioya qilish, do‘konlar va jamoat transportida tibbiy niqob taqqan holda harakatlanish so‘ralmoqda. Karantin cheklovlari uch hafta avval qo‘llanila boshlagan. Berlinda ushbu taqiqlar sabab epidemiya tarqalishining salbiy ssenariysi amalga oshmaganligi aytilmoqda.

Germaniyadagi iqtisodiy tanglik sabab bir nechta hududlarning rahbarlari hamda katta korxonalar vakillari karantinni tezroq bekor qilishni so‘ragan. Ammo Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu talab va iltimoslarni rad etgan. Shu sababli ham kelasi haftadan asosan kichik va o‘rta biznes bo‘yicha cheklovlar asta-sekin, bosqichma-bosqich bekor qilinishi boshlanadi

Germaniyada jami 133 200 nafar kishi koronavirus yuqtirib olgan. Mamlakat bu borada dunyoda 5-o‘rinni egallab turibdi. Biroq o‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha vaziyat ancha og‘ir, Germaniyada 3592 nafar kishi COVID-19’dan vafot etgan: bu Eron va Belgiyaga nisbatan kamroq.

Tagesspiegel ma’lumotlariga ko‘ra, karantinga hamma hududlarda ham birdek rioya etilmayapti. Masalan, Bavariyada 35 ming nafar inson koronavirusga chalingan (995 kishi vafot etgan), Shimoliya Reyn-Vestfakuta va Baden-Vyurtembergda 27 ming nafar odam COVID-19 yuqtirib olgan. Tyuringiyada 1564 nafar, Saksoniyada 1239 nafar, Meklenburg-Pomeraniyada 624 nafar kishida (12 nafari vafot etgan) koronavirus aniqlangan.

Berlinda epidemiya davri davomida 4870 nafar inson kasallikka chalingan, 74 nafar bemor vafot etgan.

Mavzuga doir: 

Jons Hopkins universiteti 15-apreldagi statistikasiga muvofiq COVID-19 bilan kasallanish soni bo‘yicha AQSh (610 ming kishi) yetakchilik qilmoqda, keyingi o‘rinlarda Ispaniya (178 ming kishi), Italiya (162 ming kishi), Germaniya (133 ming kishi), Fransiya (131 ming kishi), Buyuk Britaniya (95 ming kishi) va Xitoy (83 ming kishi) bormoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 124) ( 0) ( 121) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют