» » Kecha va bugun: Karantin vaqtida huvullab qolgan Buxoro (foto+video)

Kecha va bugun: Karantin vaqtida huvullab qolgan Buxoro (foto+video)


Buxorolik videobloger Abdulla Rajabov “Daryo” nashri uchun maxsus rolik tayyorladi. Unda sayyohlar qadami uzilmaydigan Buxoro shahri ko‘chalarining oldingi va karantin paytidagi holati tasvirlangan.

Videorolikda “Ark” qo‘rg‘oni, “Bolohovuz” masjidi, “Nodirdevonbegi” hamda “Abdulazizxon” madrasasi, Minorayi kalon, qo‘shmadrasa, Buxoro suv minorasi, “Xo‘ja Nasriddin” bog‘i, Shahriston gilam va tilla buyum rastalari, Abu Ali ibn Sino favvoralar maydoni, markaziy ko‘chalar hamda undagi zamonaviy ko‘p qavatli uylar va binolarning kecha va buguni taqqoslangan.

Ma’lumki, Buxoro turizm shahri hisoblanadi. 600 dan ortiq madaniy-me’moriy obidalarga ega shaharda 263 ming 223 nafar aholi istiqomat qiladi.

2019-yili shaharga 3 million 600 ming nafar sayyoh tashrif buyurgan bo‘lsa, ularning 603 ming nafari xorijlik sayyohlar bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, 2018-yil shaharga 289 ming xorijlik sayyoh kelgan. Demakki, sayyohlar oqimi 2019-yilda ikki baravarga ortgan.

Buxoro viloyat Turizmni rivojlantirish departamenti axborot xizmatiga ko‘ra, 2020-yilda Buxoroga mahalliy va xorijiy sayyohlar sonini 4,2 millionga yetkazish rejalashtirilgan. Mehmonxonalar sonini esa 422 taga yetkazib, bir kunda 10 613 nafar mehmonni qabul qilish imkoniyatini yaratish harakati boshlangan.

Biroq dunyoni tashvishga solayotgan koronavirus turizm rivojiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют