» » Mehnat vaziri COVID-19 oqibatlarini yumshatish uchun Cotton Campaigndan ozbek paxtasiga boykotni toxtatishni soradi

Mehnat vaziri COVID-19 oqibatlarini yumshatish uchun Cotton Campaigndan ozbek paxtasiga boykotni toxtatishni soradi


Ozbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasiga mamlakatda ishlab chiqarilgan paxtadan foydalanish uchun boykotni olib tashlashni sorab ochiq xat yubordi.

Unda takidlanishicha, Ozbekistondagi ayrim tarmoq va korxonalar koronavirus tarqalishi oqibatlariga moslashishiga, hukumat esa aholining zaif qatlamlariga yordam berishga harakat qilayotganiga qaramay mamlakat iqtisodiyotini saqlab qolish uchun qoshimcha choralar zarur.

Nozim Husanov hukumat xojalik yurituvchi subyektlar va fuqarolik jamiyati vakillari bilan hamkorlikda Ozbekiston paxtachilik tarmogida islohotlarning yangi bosqichini boshlashga tayyorligini bildirgan. Yangi islohotlar davriga otishda aholiga zarur ozgarishlarni amalga oshirish uchun koalitsiya tomonidan imzolangan Uzbek Cotton Pledge majburiyati doirasida ozbek paxtasiga qoyilgan boykotni olib tashlashni soragan.

Shu kunlarda koronavirus pandemiyasi sabab Ozbekistonning sogliqni saqlash va iqtisodiyot sohalari korilmagan xavfga duch keldi Hozirdanoq Ozbekiston mehnat bozori misli korilmagan bosimga duch kelmoqda: Respublikaning 1,5 milliondan ortiq fuqarosi ishsiz. Mamlakatida amalga oshirilayotgan keskin izolyatsiya tufayli 150 ming fuqaro majburan ishsiz qoldi, chet eldan qaytgan 140 mingdan ortiq fuqaro doimiy daromadlaridan mahrum boldi, 200 mingdan ortiq oila qashshoqlik yoqasida, degan Nozim Husanov.

Davlat korxonalari, xususiy sektor va butun mehnat bozori yangi sharoitlarga imkon qadar koproq moslashishga harakat qilmoqda. Ammo milliy iqtisodiyotimiz juda zarur bolgan yangi ish orinlarini yaratish uchun katta kuch sarflashi kerak. Shu bois paxta boykotini olib tashlash haqidagi qaroringiz hal qiluvchi rol oynashi mumkin, deb takidlagan u.

Ozbekiston toqimachilik sanoati aholi bandligini taminlashda yetakchi tarmoqlardan biridir. Faqat ishlab chiqarishda qariyb 7 000 korxonada 200 mingdan ortiq aholi ish bilan band bolganligi bois bir million aholi barqaror daromadga ega. Dastlabki hisob-kitoblarga kora, ozbek paxtasidan boykot olib tashlansa, toqimachilik mahsulotlarining umumiy eksport hajmi ikki barobarga ortishi mumkin. Bu esa xalqimiz uchun zarur ish orinlarini yaratadi.

AQSh va Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksportni qayta tiklash koronavirusga qarshi global kurashda muhim rol oynashi mumkin. Ozbekiston toqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilari qisqa vaqt ichida vaziyatga moslashgan holda shaxsiy himoya vositalari ishlab chiqarishini on barobarga oshirdi. Ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar boykotga duch kelmaganida, ozbek toqimachiligida tayyorlangan niqoblar, jarrohlik liboslari va boshqa turdagi shaxsiy himoya vositalari yuzaga kelayotgan global vaziyatni bartaraf etishda madad bolishi mumkin edi, deyiladi murojaatda.

Malumot uchun, uzoq yillar davomida paxta terimi mavsumida bolalar va majburiy mehnatdan foydalanilgani bois Ozbekiston paxtasi xalqaro jamoatchilik tomonidan qora royxatlarga kiritilgan, yetakchi ishlab chiqaruvchilar Ozbekiston paxtasiniboykot qilgan edi. Xalqaro mehnat tashkilotining Vashingtondagi ofisi direktori Kevin Kassidi esa ozbek paxtasi boykotini asossiz deb elon qilgandi.

2019-yilning 4-fevralida osha vaqtda bosh vazir orinbosari bolgan Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiyaning Vashingtonga ishchi tashrifida Cotton Campaign toqimachilik mahsulotlariga qarshi boykotni bekor qilish boyicha rejasinitaqdim etgan edi.

Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi vakillari27-yanvar6-fevral kunlari Ozbekistonda ishchi tashrif bilan bolgan edi. Ular bilan bolib otgan uchrashuvda ishtirok etgan investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Ozbekiston toqimachilik sanoatini boykot qilishdan foyda yoq, deb aytgandi.



Manba: Daryo.uz
: admin (16-04-2020, 14:26)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -