» » Smartfonlarning asosiy bozori qayta tiklanmoqda. Xitoyda iPhone’lar savdosi bir oy ichida 416 foizga o‘sdi

Smartfonlarning asosiy bozori qayta tiklanmoqda. Xitoyda iPhone’lar savdosi bir oy ichida 416 foizga o‘sdi


Xitoyda Apple kompaniyasining iPhone qurilmalari savdosi mart oyida fevralga qaraganda 416 foizga oshib, taxminan 2,5 million donaga yetdi, deb xabar beradi IXBT.

Xitoy Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligining ma’lum qilishicha, mart oyida smartfonlarning jami savdosi 241 foizga o‘sib, 21,8 million donani tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 23 foizga past. Biroq natijalar koronavirus pandemiyasi tarqalgani hisobga olinsa, juda yaxshi hisoblanadi. Smartfonlarning asosiy bozori qayta tiklanmoqda.

Mart oyida Xitoyda 5G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydigan 6,2 million dona smartfon sotilgan bo‘lib, bu fevral oyiga nisbatan 161 foziga ko‘p demakdir. 5G smartfonlar yetkazib berilgan smartfonlarning 27 foizini tashkil etmoqda. Fevral oyida Xitoy bozorining 92 foizi Android telefonlar hisobiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, martda ushbu ko‘rsatkich 88 foizni tashkil etdi.

Tahlilchilarning ta’kidlashicha, Apple qurilmalarini yetkazib berish zanjiri “normallashgan”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют