» » USAID O‘zbekiston aholisining ehtiyojmand qatlamiga xavfsiz oziq-ovqat yetkazdi

USAID O‘zbekiston aholisining ehtiyojmand qatlamiga xavfsiz oziq-ovqat yetkazdi


AQSh xalqaro rivojlanish agentligi (USAID) O‘zbekistonga 400 ming dollar qiymatdagi 131 320 kilogramm xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlarini insonparvarlik yordami sifatida taqdim qildi. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qilgan.

Ushbu ijtimoiy yordam O‘zbekistonda 35 ming nafarga yaqin kam ta’minlangan aholining ehtiyojlariga sarf qilinadi va 144 ta ijtimoiy himoya va sog‘liqni saqlash muassasalariga tarqatiladi.

Ushbu ro‘yxatga COVID-19 tarqalishi tufayli karantin xizmatlarini ko‘rsatayotgan muassasalar, og‘ir darajadagi sil xastaligi bilan kurashayotgan va yordamga muhtoj bemorlar, bolalar uylari va psixiatrik kasalxonalar kiritilgan.

Tarqatiladigan jamlanmada vitaminlar va minerallarga boy quruq meva va dukkakli ekinlar ham mavjud, ular sog‘liqni saqlash va ijtimoiy уordam muassasalariga, shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga tarqatiladi.

USAID xalqaro dasturi asosida 2009-yildan beri O‘zbekistonga qariyb 3,2 million dollar qiymatidagi 1163 tonna oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan. Ushbu yangi insonparvarlik yordami AQShning sog‘liqni saqlash sohasiga yo‘naltirgan 122 million dollarlik uzoq muddatli sarmoyasi hamda so‘nggi 20 yil ichida ko‘rsatgan bir milliarddan ortiq umumiy yordamiga asoslanib tashkillashtirilgan.

“Mazkur ko‘mak ‘Sog‘lom avlod uchun’ xalqaro xayriya jamg‘armasi  va Amerikaning Resource and Policy Exchange, Inc. (RPX) nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda tarqatiladi. ‘Sog‘lom avlod uchun’ dasturi O‘zbekiston Respublikasida ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash, shuningdek, aholining ehtiyojmand qatlamlariga yordam ko‘rsatish sohasida faoliyat olib boradi. RPX’ning asosiy maqsadi oziq-ovqat va dori-darmonlar shaklidagi texnik va nomoddiy yordam ko‘rsatish orqali sog‘liqni saqlash standartlari va axborot olish imkoniyatlarini yaxshilashdan iborat”, — deyiladi AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi bergan xabarda.

Avavl AQShning koronavirusga qarshi kurashish uchun O‘zbekistonga 848 ming dollar ajratishi kutilayotgani, AQShning O‘zbekistonga COVID-19 koronavirusiga qarshi kurashda qo‘shimcha yordam ko‘rsatishi, Qo‘shma Shtatlarning O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurash uchun shaxsiy himoya vositalarining 2-partiyasini topshirgani haqida xabarlar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют