» » Namanganda 1200 o‘rinli karantin hududi va 150 o‘rinli shifoxona qurilishi boshlandi (foto)

Namanganda 1200 o‘rinli karantin hududi va 150 o‘rinli shifoxona qurilishi boshlandi (foto)


Namangan viloyatining Pop tumanida maxsus karantin hududi va shifoxona qurilishi boshlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Buning uchun tumanning G‘urumsaroy qishlog‘idan 16 gektar yer ajratildi. Karantin hududi 1200, shifoxona esa 150 o‘ringa mo‘ljallangan.

Bu yerda shifokorlar uchun xonalar, jarrohlik, jonlantirish bo‘limlari, muolaja xonalari, tibbiyot bo‘limlari, laboratoriya va dorixona barpo etiladi.

Ventilyatsiya, tibbiy kislorod yetkazib berish, kommunikatsiya tizimlari ishga tushiriladi.

Eng zamonaviy tibbiy laboratoriya va davolash uskunalari keltiriladi.

Viloyat qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i Saidahmad Sultonovga ko‘ra, mazkur obyektda maxsus shtab tashkil etilgan bo‘lib, qurilish maydoniga elektr, gaz, suv tarmoqlarini tortish ishlari olib borilmoqda.

Obyektni loyihalashda Xitoy va Janubiy Koreya tajribasi o‘rganildi. Karantin hududi maxsus konteynerlar, shifoxona esa energiya tejamkor yengil konstruksiyalar asosida barpo etilmoqda.

Qurilishga 200 nafarga yaqin ishchi-mutaxassis va 50 ta texnika jalb etildi. Ikki smenada ish tashkil etilgan.

Karantin hududi 10 kun ichida qurib bitkazilishi ko‘zda tutilgan. Shifoxona qurilishi esa bundan ko‘proq vaqt talab etadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют