» » Namanganda yillik quvvati 1,5 mln tonna bo‘lgan sement zavodi qurilishi boshlandi (foto)

Namanganda yillik quvvati 1,5 mln tonna bo‘lgan sement zavodi qurilishi boshlandi (foto)


Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida yillik quvvati 1,5 million tonna bo‘lgan sement zavodi qurilishi boshlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Zavod Namangandagi “Bunyodkor Mahsudbek Fayz” fermer xo‘jaligi hamda Xitoyning Hebei Yijia Cheng Trading kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan “Namangan Jinmingyang building materials” O‘zbekiston—Xitoy qo‘shma korxonasi tomonidan barpo etilmoqda.

Tumanning Poromon qishlog‘ida 40 gektar maydonda qad rostlaydigan zavodning loyiha qiymati 105 million dollar bo‘lib, bundan 90 million dollari xorij investitsiyasi hisoblanadi.

— Bu juda katta loyiha, uning quvvati hozirda viloyatda barpo etilayotgan sement ishlab chiqarish korxonalarini jamlaganda ham ko‘p, — deydi viloyat iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmasi boshlig‘i Fazliddin Inomov. — Hozirda Kosonsoy tumanida loyiha quvvati yiliga 250 ming tonna, Pop tumanida 500 ming tonna, Chust tumanida 250 ming tonna hamda Yangiqo‘rg‘on tumanida 200 ming tonna bo‘lgan sement zavodlari qurilmoqda. Endi ularning safiga beshinchi korxona qo‘shildi.

Qurilish ishlari 2020-yil to‘rtinchi choragida yakunlanishi ko‘zda tutilgan. Zavod to‘la quvvat bilan faoliyatini boshlagach 700 kishi ish bilan ta’minladi. M-400 hamda M-500 markali, yuqori sifatli sement mahsulotlari ishlab chiqariladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют