» » O‘zbekistonda tomorqa yerlardan unumli foydalanmagan fuqarolar jarimaga tortiladi

O‘zbekistonda tomorqa yerlardan unumli foydalanmagan fuqarolar jarimaga tortiladi


Parlament quyi palatasining 2020-yil 16-aprel kuni bo‘lib o‘tgan majlisida deputatlar “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasini atroflicha muhokama qildi, deb xabar bergan parlament matbuot xizmati.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hududlarga chiqib aholining tomorqa yerlardan foydalanish holatlarini tahliliy o‘rganmoqda. O‘rganishlarda ko‘plab aholi o‘z ekin maydonlaridan imkon qadar unumli foydalanayotgan bir paytda ayrim fuqarolar tomorqalarini o‘z holiga tashlab qo‘ygani aniqlangan.

Belgilangan tartib-taomilga binoan hozirda tomorqaga qanday ekin ekish aholining o‘z takliflari asosida shakllantiriladi. Biroq shunga qaramay tomorqa egasi u yoki bu mahsulotni yetishtirishni o‘zi rejalashtirsa-yu, amalda uni bajarmasa, bu holat oziq-ovqat zaxirasini shakllantirishga ham salbiy ta’sir qiladi va albatta bunday loqaydlik o‘z bahosini olish shart, deyilgan xabarda.

Deputatlar “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini muhokama qilib, loyiha bilan ushbu kodeksni yangi 651-modda bilan to‘ldirishni taklif qilgan. Unga ko‘ra tomorqa yerlardan unumli foydalanmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.

Ya’ni tomorqaga o‘z tanlovi asosida biron-bir qishloq xo‘jalik ekini ekmagan fuqarolar avval ogohlantiriladi, keyin bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarimaga tortiladi. Agar mazkur holat bir yil davomida takroran sodir etilsa, bu qiymat uch baravardan besh baravargacha miqdorda bo‘lishi belgilanmoqda.

Quyi palata vakillarining fikricha mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi tomorqa yer uchastkalaridan yanada samarali foydalanish, yer uchastkasi egalarining mas’uliyatini oshirish va oxir-oqibatda oziq-ovqat xavfsizligi hamda aholi bandligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Mavzuga doir: 

Avvalroq 8-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tgan videoselektorda sinovli davrda tomorqa yerlariga ekin ekmaslik, qarovsiz tashlab qo‘yish yurtga va yerga nisbatan xiyonat deb baholanishi kerakligi, shuning uchun tomorqadan samarali foydalanmayotgan xonadon egalari rasman ogohlantirilishi, undan keyin ham ekin ekmaganlarga yer solig‘i oshirilgan stavkada qo‘llanilishi ma’lum qilingan. Bu borada mutasaddi rahbarlarga tegishli hujjatni qabul qilish topshirildi. Tomorqalar holatini dronlar orqali monitoring qilish hamda ulardan unumli foydalanish uchun har bir sektor kesimida zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgandi. Keyinchalik 13-aprelda palatalar O‘zbekistonda tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanmaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi bo‘yicha qo‘shma qarorni qabul qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 03:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют