» » O‘qotar quroli bilan maqtangan samarqandlik fuqaro 12 sutkaga qamaldi

O‘qotar quroli bilan maqtangan samarqandlik fuqaro 12 sutkaga qamaldi


Samarqandda o‘qotar quroli bilan maqtangan fuqaro 12 sutkaga qamaldi. Bu haqda “Daryo”ga Samarqand shahar ma’muriy sudi raisi Orif Pardayev ma’lum qilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda qurol ko‘targan samarqandlik fuqaroning videosi tarqaldi. Videoda fuqaro mashinasidan o‘qotar quroli — pistoletini olib, otib ham ko‘rsatadi.

Aniqlanishicha, videodagi shaxs Samarqand shahrida yashovchi A.R. bo‘lib, qo‘lidagi o‘qotar quroli “MR-654K” pistoleti bo‘lgan. Video ikki yil ilgari suratga olingan. Ammo ijtimoiy tarmoqlarga bugun qo‘yilgan. Fuqaro videodagi xatti-harakatiga izoh so‘rab borgan IIB xodimlariga bo‘ysunmay, ularning qonuniy talabiga qarshi chiqqan.

Ushbu holat Samarqand shahar Ma’muriy sudi tomonidan 16-aprel, payshanba kuni, ko‘rib chiqilgan. Va fuqaro Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi 1-kismi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 195-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) bilan aybli deb topilib, 12 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 04:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 98) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют