» » Surxondaryoda Isuzu yuk mashinasi va Damas to‘qnashdi. Haydovchilardan biri kasalxonada vafot etgan

Surxondaryoda Isuzu yuk mashinasi va Damas to‘qnashdi. Haydovchilardan biri kasalxonada vafot etgan


Surxondaryo viloyatida 15-aprel, chorshanba kuni, tungi soat 22:30 da Isuzu yuk mashinasi hamda Damas ishtirokida YTH sodir bo‘lgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, 4-R 102 avtomobil yo‘lining Angor tumani “Ilg‘or” mahallasi hududidan o‘tuvchi 16-kilometrida Jarqo‘rg‘on—Angor yo‘nalishi bo‘yicha kelayotgan 22 yoshli J.T. boshqaruvidagi Isuzu rusumli avtomashina qarama-qarshi yo‘nalishdagi 20 yoshli J.A. boshqaruvidagi Damas’ning yo‘liga chiqib ketib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Oqibatda Damas haydovchisi J.A. tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Angor tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyilgan xabarda.

2019-yil 23-dekabrda Surxondaryo viloyati Angor tumani hududida Isuzu avtobusi ishtirokida YTH yuz bergan, o‘shanda haydovchi beton to‘siqdan sakrab o‘tayotgan piyodani urib yuborgandi. 2020-yil 1-yanvar kuni esa M-39 Olmaota—Bishkek—Toshkent—Termiz yo‘lining Angor tumanidan o‘tgan 1425-kilometrida inson o‘limi bilan tugagan yo‘l-transport hodisasi yuz bergan: Lacetti haydovchisi piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 05:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют