» » “O‘zbekiston temir yo‘llari” joriy etilgan eksport chegirmalar aynan qaysi mahsulotlarga tatbiq etilishini ma’lum qildi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” joriy etilgan eksport chegirmalar aynan qaysi mahsulotlarga tatbiq etilishini ma’lum qildi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” sovutgichli (refrijeratorli) vagonlar tashuvi uchun 75 foizgacha chegirmalar taqdim etilmoqda. Bu haqda 16-aprel kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.

Brifingda ma’ruza qilgan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqarma boshlig‘i Umidilla Ibragimovning ta’kidlashicha, meva-sabzavotlar, go‘sht mahsulotlari kabi tez buziladigan yuklar eksporti uchun mo‘ljallangan sovutgichli (refrijeratorli) vagonlar mavjud.

Bir vagon sig‘imi 45 tonnaga yetadi. Refrijeratorli vagonlarda tashilayotgan yuk hajmini oshirish va amaldagi murakkab vaziyatni inobatga olgan holda, hozirda faqatgina refrijeratorli vagonlar tashuvi uchun 75 foizgacha chegirmalar taqdim etilmoqda.

Shuningdek, eksport-import tashuvlar nafaqat temir yo‘l orqali balki temir yo‘l va kema orqali, Trans-Kavkaz koridori bo‘yicha multimodal usulda ham amalga oshirilmoqda. Bu usulda yuklar asosan Qozog‘istonning Aktau so‘ng Ozarbayjonning Boku porti orqali Gruziya va Turkiyaga yetkazib berilmoqda.

Temir yo‘l orqali tashilayotgon eksport hajmi 1-chorakda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12 foizga oshdi va 2,3 million tonnaga etdi. Import hajmi ham 1-chorakda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,6 foizga o‘sib, yil yakuniga qadar 13 million tonnaga yetishi kutilmoqda.

Umidilla Ibragimov, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqarma boshlig‘i



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют