» » Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari: “Karantin cho‘zilsa ham qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishmovchiligi yuzaga kelmaydi”

Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari: “Karantin cho‘zilsa ham qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishmovchiligi yuzaga kelmaydi”


Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Saidkamol Xo‘jayev karantin muddati cho‘zilgan taqdirda ham qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishmovchiligi yuzaga kelmasligini bildirdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Vazir o‘rinbosari ushbu ma’lumotni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi huzurida tashkil etilgan shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda kelib tushgan savollarga javob berish asnosida ma’lum qildi.

“Buning sababi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ichki iste’molni qondirib, eksport qilish imkoniyatiga ega agrar davlat hisoblanamiz. Karantin muddati cho‘zilib ketsa ham, janubiy viloyatlardagi mirishkor dehqonlarimiz dalalarida aprel oyidan boshlab, oziq-ovqat mahsulotlari ichki bozorlarimizga yetkazib berila boshlangan. Shuningdek, respublikaning barcha hududlaridagi issiqxonalarida pomidor, bodring, shirin qalampir va baqlajon mahsulotlari uzluksiz ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berilmoqda. Bugungi kunda respublika hududlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish hajmi kundan kunga ortib borishi natijasida, pishiqchilik mavsumida ichki va tashqi bozorlarga sifatli oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beriladi. Bu davrda bizda muammo bo‘lmasligi aniq”, — deydi vazir o‘rinbosari.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda tomorqa yerlardan unumli foydalanmagan fuqarolar jarimaga tortiladi

Tibbiy me’yorlar bo‘yicha aholini meva-sabzavotlarga bo‘lgan talabi 10 million 300 ming tonnadan ortiqni, shundan kartoshka 1 million 784 ming tonna, sabzavotlar 4 million 440 ming tonna, mevalar 2 million 479 ming tonna, uzum 593 ming tonna, poliz mahsulotlari 583 ming tonna, dukkaklilar 115 ming tonna, guruch 332 ming tonnani tashkil etishi aytildi.

2020-yilda 24,8 million tonna (2019-yilga nisbatan 125 foiz ko‘proq) 88 turdagi meva-sabzavotlar, shundan 42 turdagi 12,9 million tonna sabzavot, 5 turdagi 2,5 million tonna poliz, 3,5 million tonna kartoshka, 27 turdagi 3,3 million tonna mevalar, 3 turdagi 1,9 million tonna uzum, 4 turdagi 630 ming tonna dukkakli va 6 turdagi 139 ming tonna moyli mahsulotlar yetishtirish belgilab olingani ham ma’lum qilindi.

Aholi talabi va eksport imkoniyatlarini hisobga olib yetishtirilgan mahsulotlarning 10,3 ming tonnasi aholi iste’moliga, 3,2 million tonna qayta ishlashga va 2,3 million tonnasi eksportga yo‘naltirilishi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, sal avvalroq Oliy Majlis palatalari kengashlarining qo‘shma qarorida O‘zbekistonda tomorqadan samarali foydalanmayotgan xonadon egalari ogohlantirilishi, ekin ekmaganlar yer solig‘ini ko‘proq to‘lashi ma’lum qilingan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 111) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют