» » “Roskosmos” rahbari kosmosga “KamAZ” uchirilishi mumkinligini ma’lum qildi

“Roskosmos” rahbari kosmosga “KamAZ” uchirilishi mumkinligini ma’lum qildi


“Roskosmos” korporatsiyasi rahbari Dmitriy Rogozin Tesla ortidan “KamAZ” kosmosga uchishi mumkinligini ma’lum qildi. Rogozin bu haqda o‘zining Twitter’dagi sahifasiga yozib qoldirgan.

“Roskosmos” rahbari “Angara A5” raketa-tashuvchi uchun foydali yuk nima bo‘lishi mumkin degan savolga “‘KamAZ’ Tesla ortidan yo‘l oladi”, deya javob qaytargan.

Eslatib o‘tamiz, Amerikaning Tesla kompaniyasi 2018-yilning fevralida Falcon Heavy raketa tashuvchisi orqali o‘zining Roadster’ini kosmosga uchirgandi. Roadster ruliga skafandr kiygan Starman ismli maneken o‘tqazilgan bo‘lib, qarshisidagi panel yoniga “Vahima qilma” deb yozib qo‘yilgan. Ushbu avtomobil Yerni tark etguniga qadar Tesla rahbari Ilon Maskka tegishli bo‘lgan.

O‘tgan yili Roadster Quyosh atrofini bir marta aylanib chiqqan edi, hozirda u Yerdan 300 million kilometr uzoqlikda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 103) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют