» » Oddiy gol urishni bilmaydigan Zlatan Ibragimovich faoliyatidagi eng chiroyli 10 ta gol (video)

Oddiy gol urishni bilmaydigan Zlatan Ibragimovich faoliyatidagi eng chiroyli 10 ta gol (video)


Koronavirus pandemiyasi sabab dunyo bo‘ylab deyarli barcha sport musobaqalari to‘xtatildi. Shu jumladan, futbol bo‘yicha musobaqalar ham. “Daryo” muxlislarning talab va takliflarini inobatga olgan holda dunyoning eng kuchli futbolchilari tomonidan urilgan eng sara gollarni taqdim etib boradi. Ushbu loyihaning navbatdagi sonida Shvetsiya terma jamoasi afsonasi, hozirda “Milan”da to‘p surayotgan Zlatan Ibragimovich faoliyatidagi eng sara gollar taqdim etiladi.

Yevro—2004 guruh bosqichi ikkinchi turida Italiya dastlabki bo‘limda oldinga o‘tib oladi va qolgan vaqtda ehtiyotkorona o‘ynashda davom etadi. Biroq bu harakatlarni Zlatan 85-daqiqada supergoli bilan jazolaydi. Keyinchalik bu durang italyanlar uchun qimmatga tushadi va jamoada guruhda qolib ketadi.

Shvetsiya noyabr oyida Angliyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvda ishtirok etadi. Uchrashuvda Ibra het-trik qayd etadi. Uning so‘nggi gol esa shunchaki shedevr! Jo Hartning xatosidan keyin Zlatan jarima maydoni tashqarisidan akrobatik usulda zarba yo‘llab bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qiladi. Shu tariqa shvedlar Yevro—2012 dagi mag‘lubiyat alamini oladi.

Yevro—2012 guruh bosqichning 3-turida musobaqa bilan xayrlashishga ulgurgan Shvetsiya Fransiyani mag‘lub etishga erishadi. Ibragimovich esa navbatdagi chiroyli zarbasi bilan jamoasining g‘alabasiga hissa qo‘shadi.

PSJ Bryusselda “Anderlext”ni tor-mor keltiradi. Mazkur uchrashuvda qahramonimiz pokerga erishadi va, albatta, Zlatan bu o‘yinni ham chiroyli golsiz tark etmaydi.

Ibra o‘yin debyutida ikkita gol urgan holda bahs taqdirini hal qilib qo‘yadi. Ulardan biri esa “chayon uslubi”da yo‘llanadi. Mazkur bahsda shuningdek, Edison Kavani ham dublni rasmiylashtiradi.

Premyer Liga 2016/17-yilgi mavsumning ilk turida Ibragimovich uzoq masofadan yerlatib zarba bergan holda mehmonlar darvozasini ishg‘ol qiladi. Bu Zlatan uchun APLdagi debyut gol bo‘lgandi.

Birinchi bo‘lim oxirlab borayotgan bir vaqtda Ibragimovich Jordan Pikfordning xatosidan unumli foydalangan holda parashyut zarba yo‘llaydi. To‘p dastlab darvoza to‘sini, so‘ngra ustuniga tekkan holda sekingina chiziqni kesib o‘tadi.

Zlatan prinsipial qarama qarshilikning so‘nggi daqiqalarida boshi bilan chiroyli to‘p kiritgan holda “qizillar”ni uch ochkodan mahrum qilgandi.

Los-Anjeles derbisida dastlab mehmonlar uchta to‘p kiritgan holda oldinga o‘tib oladi. Biroq maydon egalari bunga to‘rtta gol bilan javob qaytara oladi. Gollarining uchinchisiga Ibragimovich mualliflik qiladi. Mazkur shedevr o‘yinda muvozanatni tiklashdan tashqari, shvetsiyalik futbolchi uchun MLS’dagi debyut gol bo‘lib tarixga kiradi. 91-daqiqada Ibra jamoasining to‘rtinchi golini ham uradi va AQShdagi sarguzashtlarini ko‘tarinki kayfiyatda boshlaydi.

Ibragimovich yakkakurash usullarini qo‘llab to‘p kiritgan va uchrashuvdagi intrigani qaytargandi. Dastlab 0:3 hisobida ortda borayotgan “Los-Anjeles Gelaksi” hisobni tenglashtirishga erishadi. Biroq yakunda kanadaliklar yana ikkita to‘p kiritgan holda g‘alabani tantana qiladi (5:3). Ushbu gol FIFA talqiniga ko‘ra 2018/19-yilgi mavsumning eng chiroyli goli nomiga davogar sifatida olingandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют