» » Hindistonning uch aeroportida samolyotlar qo‘lga olinishi haqidagi xabar tufayli xavf tartibi e’lon qilindi

Hindistonning uch aeroportida samolyotlar qo‘lga olinishi haqidagi xabar tufayli xavf tartibi e’lon qilindi


Hindistonning Mumbay, Chennay va Haydarobod shaharlari xalqaro aeroportlarida avialayner qo‘lga olinishi haqidagi xabar tufayli xavf tartibi e’lon qilindi. Aeroportlarning barcha xizmatlari va xavfsizlik kuchlari bo‘linmalari tayyorgarlik holatiga keltirildi, deya ma’lum qildi “TASS”.

NDTV telekanaliga ko‘ra, Mumbay politsiyasi elektron pochtasiga restoranda 6 nafar erkakning uch aeroportdan parvoz qiladigan samolyotlarni bir paytning o‘zida egallashni muhokama qilganini eshitgan ayoldan xabar kelib tushgan. Mazkur operatsiyada jami 23 kishi ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Politsiya olingan mazkur ma’lumot haqida muhim sanoat obyektlari, jumladan, aeroportlar, tezkor transport yo‘nalishlarini qo‘riqlaydigan maxsus bo‘linma — Sanoat xavfsizligi markaziy kuchlarini ogohlantirdi.

Aeroportlarda aksilterror bo‘linmalar va kinologlar ish olib bormoqda, boshqa zarur choralar ko‘rilgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-04-2017, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют