» » Lennoks Lyuis hamda Mayk Tayson o‘rtasidagi jangda hakamlik qilgan Eddi Kotton koronavirusdan vafot edi. U 72 yoshda edi

Lennoks Lyuis hamda Mayk Tayson o‘rtasidagi jangda hakamlik qilgan Eddi Kotton koronavirusdan vafot edi. U 72 yoshda edi


Professional boksning afsonaviy hakamlaridan biri Eddi Kotton 17-aprel kuni Patersonda (AQSh, Nyu-Jersi) koronavirus tufayli vafot etdi. Bu haqda BoxingScene ma’lum qildi.

72 yoshli sobiq hakam bir hafta mobaynida infeksiya bilan kurashgan.

Kotton 40 yil mobaynida referi sifatida faoliyat yuritdi. U so‘nggi bor 2013-yildagi janglarda hakamlik qilgandi. O‘sha yili Eddi Tayson Fyuri, Gennadiy Golovkin va Marko Huk ishtirokidagi janglarda ishlagandi.

Kotton 2002-yili bo‘lib o‘tgan superog‘ir vazn toifasi chempionligi uchun kechgan Mayk Tayson va Lennoks Lyuis o‘rtasidagi jang orqali mashhurlik qozongan.

Bundan tashqari mutaxassis Ruslan Chagayev va Vladimir Klichko o‘rtasidagi to‘qnashuvni ham boshqarib borgandi. Shuningdek, u Bernard Hopkins, Sheyn Mosli va Jorj Forman kabi bokschilar jangida ishlagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 22) ( 0) ( 20) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют