» » Jizzax va Bulung‘urda karantin vaqtida tug‘ilgan kunini tanishlari bilan nishonlagan shaxslar jazolandi

Jizzax va Bulung‘urda karantin vaqtida tug‘ilgan kunini tanishlari bilan nishonlagan shaxslar jazolandi


IIV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramay hali ham bunga amal qilmayotganlar aniqlanmoqda.

Xususan, 17-aprel kuni Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida yashovchi 32 yoshli A.A. karantin qoidalariga amal qilmasdan tug‘ilgan kun tadbiri tashkil qilib, uyiga 11 nafar fuqaroni yig‘ib o‘tirganligi aniqlangan.

Shuningdek, Jizzax shahar Sharof Rashidov ko‘chasida yashovchi 30 yoshli ayol G.N. karantin qoidalarini buzib, uyida tug‘ilgan kunini nishonlash uchun 4 nafar tanishi bilan yig‘in o‘tkazayotganligi aniqlangan.

Har ikki qoidabuzarlar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish)ga asosan javobgarlikka tortilgan.

Avvalroq Buxoroda karantin paytida yashirin faoliyat ko‘rsatgan chilimxona borligi aniqlangani, Jizzaxdagi karaoke-barda karantinga qaramay mijozlar qabul qilingani, Navoiyda karantin vaqtida o‘z uyini diskotekaga aylantirgan yoshlar jarimaga tortilgani haqida xabar berilgan edi. Qashqadaryoda esa shifokorlar oilasi karantin qoidalariga zid ravishda to‘y o‘tkazgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют