» » Tailandda kallasidan to‘rt marotaba o‘q yeb omon qolgan sigir so‘yilmaydigan bo‘ldi

Tailandda kallasidan to‘rt marotaba o‘q yeb omon qolgan sigir so‘yilmaydigan bo‘ldi


Tailandda kallasidan to‘rt marta o‘q yegan sigir omon qoldi. Shundan so‘ng fermer hayvonni so‘ymaslikka qaror qildi, deb xabar beradi Daily Mail.

Tailandning Trang provinsiyasidagi fermer — 43 yoshli Somporn Najin an’anaga aylangan oilaviy bayramda so‘yish uchun sigir sotib olgan. Ma’lum bo‘lishicha, Najin sigirning kallasiga qarata 22-kalibrli pistoletdan o‘q uzgan, biroq o‘q hayvonning terisini teshib o‘ta olmagan.

Shunda Najin yana ikki marotaba o‘q uzgan, biroq bu ham yordam bermagan: sigir omon qolgan. Fermer pistoletni sochma o‘q otadigan miltiqqa almashtirganidan keyingina sigirni yiqitishga muvaffaq bo‘lgan.

Najin xursandligidan ortga burilib, bayramni nishonlashga kirishgan, biroq qaytib kelganida sigirni topa olmagan. Oradan 15 kun o‘tgach, sigir hech narsa bo‘lmagandek oxirgi marta o‘q yegan joyiga qaytib kelgan.

Jahl otiga mingan Najin mahalliy chorvachilik departamentiga murojaat qilib, sigirni o‘ldirishga yordam berishlarini so‘ragan, biroq trankvilizatorli o‘q ham hayvon terisini teshib o‘ta olmagan. Shundan so‘ng, erkak sigirni o‘ldirmaslikka qaror qilib, unga “Bunrod” deya laqab bergan. Bu taychada “omad orqali omon qolgan” ma’nosini beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют