» » Italiya aholisi “uchayotgan” sigirni tasvirga oldi (video)

Italiya aholisi “uchayotgan” sigirni tasvirga oldi (video)


Italiyaning Sardiniya shahrida qutqaruvchilar toshlar orasidagi “tuzoq”dan sigirni chiqarib oldi, deb xabar qiladi “Korrespondent.net”.

Sigirni qutqarish operatsiyasi aks etgan video Youtube’ga joylashtirildi. Sigir tog‘ yonbag‘ridagi toshlar orasida tiqilib qolgan, lekin u yerga qanday tiqilib qolganini hech kim bilmaydi. Uni xalos qilish uchun qutqaruvchilar vertolyotdan foydalangan.

OAV xabarlariga ko‘ra, qutqaruvchilar sigirni arqon bilan bog‘lab, vertolyot yordamida xavfsiz joyga olib bordi. Hayvon balandlikdan qo‘rqmasligi uchun, ko‘zlari bog‘langan. Sigir qo‘rquvni sezmagan. Ammo muvaffaqiyatli qutqaruvdan so‘ng, u har ehtimolga qarshi veterinar ko‘rigidan o‘tkazilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют