» » “Ertalab hamma bilan birga choy ichib o‘tirgan bemorning o‘pkasi tushdan so‘ng bir uyum axlatga aylandi-qoldi” — rossiyalik hamshira koronavirus haqida

“Ertalab hamma bilan birga choy ichib o‘tirgan bemorning o‘pkasi tushdan so‘ng bir uyum axlatga aylandi-qoldi” — rossiyalik hamshira koronavirus haqida


Moskvada koronavirusga chalinganlar davolanayotgan “Kommunarka” shifoxonasining hamshirasi infeksiya qanday qilib bemorning o‘pkasini bir necha soatda yo‘q qilishi haqida gapirdi. Bu haqda “Komsomolskaya pravda” xabar berdi.

“Bu qandaydir tajovuzkor kasallik. Ayol ertalab choy ichdi va barcha bilan gaplashdi. Tushda esa tamom — uning o‘pkasidan hech narsa qolmadi. Qurib qolgan axlat. Qo‘rqinchli. Biz bunaqasini hech qachon ko‘rmaganmiz. Bu nima ekanligi tushunarsiz. Shuning uchun uyda o‘tiring! Keksalarni ehtiyot qiling, hammadan ham ularga og‘irroq”, — degan hamshira.

Hamshiraning so‘zlariga ko‘ra, kasalxona bemorlar bilan batamom to‘lgan. “Men reanimatsiyada ishlayman, bemorlar juda ko‘p, juda. Bunaqasi avval hech qachon bo‘lmagan. O‘tgan yillarda gripp eng cho‘qqisiga chiqqanda reanimatsiyaga va sun’iy nafas oldirish apparatiga 1-2 kishi muhtoj bo‘lardi. Hozir barcha joylar band. Odamlar ko‘p, ish ham ko‘p. Telefonimda yurgan masofamni o‘lchaydigan dastur bor. Kecha qarasam, bir smenada 24 kilometr masofa yuribman. Biror marta ham o‘tirmadim”, — degan hamshira.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hamshira bir sutka ishlaydi, bir sutkani uyida o‘tkazadi. Kasalxonagacha 35 kilometrni mashinada bosib o‘tadi, tashqi dunyoga oyna ortidan qaraydi. U hech qayerga bormaydi, hech kim bilan gaplashmaydi, hatto yaqinlari bilan ham — yolg‘iz yashaydi. Hamshiraning aytishicha, u kasallik tarqatuvchilarning birinchi qatorida bo‘lishi mumkinligini yaxshi tushunadi.

Kasalxona xodimasining qayd etishicha, ko‘pchilik vaziyatning jiddiyligini tushunmayapti. “Menga qolsa, Xitoydagi kabi hammani karantinga qamagan bo‘lar edim”, — deydi hamshira.

Avvalroq mazkur kasalxonaning bosh shifokori Denis Protsenkoda koronavirus aniqlangani haqida xabar berilgan edi. Bosh shifokorda kasallik aniqlanishidan bir hafta oldin u mazkur muassasaga tashrif buyurgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ko‘rishgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2020, 05:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 41) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют