» » Ozbekistonda yangi oquv yilidan boshlab 4 ta OTMda masofaviy talim amaliyoti joriy etilishi mumkin

Ozbekistonda yangi oquv yilidan boshlab 4 ta OTMda masofaviy talim amaliyoti joriy etilishi mumkin


Ozbekiston Respublikasining Talim togrisidagi qonunining yangi tahrirdagi loyihasidan masofaviy talim shaklini yolga qoyish tartibi ham joy olgan. Bu haqda 17-aprel kuni AOKA huzuridagi shtabda otkazilgan brifingda malum qilindi, deya xabar bermoqda Daryo muxbiri.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Talim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi matbuot kotibi Feruza Madrahimovaning takidlashicha, 2020-yil davlat dasturida yangi oquv yilidan boshlab mamlakatdagi ayrim oliy talim muassasalarida masofaviy talim berish tizimini tashkil etish kozda tutilgan.

Talim togrisidagi Ozbekiston Respublikasi qonunida ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda kunduzgi, sirtqi hamda kechki talim olish shakllari belgilangan bolib, masofaviy talim shakli ushbu qonun hujjatida kozda tutilmagan edi.

Ammo yurtimizda songgi yillarda talim sohasida olib borilayotgan ijobiy islohotlar tufayli Ozbekiston Respublikasining Talim togrisidagi qonunining yangi tahrirdagi loyihasi tayyorlangan va tegishli manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan kelishilgan holda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilgan. Ayni paytda ikkinchi oqishga tayyorgarlik jarayonida qomitalar tomonidan muhokama qilinmoqda. Mazkur qonun loyihasida masofaviy talim shaklida talim olib borish ham kiritilgan.

Shuningdek, 2020-yil davlat dasturida ham yangi oquv yilidan boshlab respublikamizdagi 4 ta oliy talim muassasalarida masofaviy talim shaklida talimni tashkil etish rejalashtirilgan, dedi Feruza Madrahimova.

Inspeksiya vakilining aytishicha, yuqorida takidlangan qonun va qonunosti hujjatlar qabul qilinganidan song Ozbekistonda ham masofaviy talim berishning normativ-huquqiy bazasi yaratiladi. Masofaviy talim berish amaliyoti joriy etilgach, respublikada amalda mavjud bolgan talim shakli bolganligi uchun masofaviy talim orqali oqib olingan hujjatlar belgilangan tartibda tan olinadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (19-04-2020, 08:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 34) ( 0) ( 34) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -