» » “Real” moliyaviy inqiroz sabab Keyn transferidan voz kechdi. “Tottenhem” Harri uchun 228 mln yevro talab qilayotgandi

“Real” moliyaviy inqiroz sabab Keyn transferidan voz kechdi. “Tottenhem” Harri uchun 228 mln yevro talab qilayotgandi


“Real” yozgi transferlar vaqtida “Tottenhem” hujumchisi Harri Keynni sotib olish fikridan qaytdi.

Daily Mail nashrining xabar qilishicha, 26 yoshli hujumchi madridliklarning yaqinlashib kelayotgan transfer oynasidagi asosiy maqsadi bo‘lgan, biroq “Real” rahbariyati koronavirus tufayli yuzaga kelgan moliyaviy inqiroz paytida xarid borasida shoshmay turishga qaror qildi.

Shuningdek, “Manchester Yunayted” ham angliyalik futbolchini sotib olish fikridan qaytgan. Avvalroq “Tottenhem” rahbariyati jamoaning qarzlarini qoplash maqsadida Keynni 200 million funt (228 million yevro) evaziga sotishga tayyor ekani xabar qilingandi.

Harri “Tottenhem” tarbiyalanuvchisi bo‘lib, asosiy jamoa safida 2009-yildan buyon to‘p usrib keladi. Joriy mavsum Keyn 25 o‘yinda klub miqyosidagi 25 o‘yinda 17 gol va ikkita samarali uzatmaga muallif bo‘ldi. Uning “shporlar” bilan amaldagi shartnomasi 2024-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют