» » Rossiyada bir sutka ichida koronavirusga chalinish bo‘yicha 6060 ta holat qayd etildi. 48 kishi kasallikdan vafot etgan

Rossiyada bir sutka ichida koronavirusga chalinish bo‘yicha 6060 ta holat qayd etildi. 48 kishi kasallikdan vafot etgan


Rossiyada 78 ta federal hududda bir sutka ichida 6060 nafar kishi COVID-19 koronavirusini yuqtirib oldi. Bu haqda kasallikka qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab xabar berdi.

Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 42 853 nafarga yetgan. Shu tariqa oxirgi besh kun ichida koronavirusga chalinganlar ikki baravar ko‘paygan, ushbu davr oralig‘ida 20 mingdan ko‘proq kishida COVID-19 qayd etilgan.

Kasallanganlar soni bo‘yicha Moskva shahri yetakchilik qilmoqda, oxirgi bir sutka ichida bu yerda 3750 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning qariyb 85 foiz qismini 65 yoshdan kichik bo‘lgan fuqarolar tashkil qiladi. Pandemiya boshlanganidan beri shaharda jami 24 323 ta kasallanish holati ro‘yxatga olingan.

Moskva viloyatida bir sutka ichida 709 ta holat kuzatildi, Nijegorod viloyatida 129 ta, Sankt-Peterburgda 114 ta holat qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarda Arxangelsk viloyati (68), Mordoviya Respublikasi (60) va Tulsk viloyati (58) bormoqda.

Tezkor shtab ma’lumotlariga ko‘ra, bir sutka ichida aniqlangan bemorlarning 3 foizida kasallikning klinik belgilari kuzatilmagan.

Mavzuga doir: Virusolog Rossiya iyun oyiga borib koronavirus ustidan g‘alaba erishishi mumkinligini ma’lum qildi

Oxirgi 24 soat ichida Rossiyada 48 nafar fuqaro koronavirusdan vafot etgan, Moskvaning o‘zida 28 kishi COVID-19’dan o‘lgan. Poytaxtda vafot etganlarning yoshi — 30 dan 93 gacha, tezkor shtab ma’lumoti bo‘yicha vafot etganlarning aksariyatida gipertoniya, surunkali bronxit va qandli diabet kuzatilgan.

Mavzuga doir: Moskvada koronavirus bilan kasallanish yaqin 2-3 haftada eng yuqori darajaga chiqishi kutilmoqda

Moskva viloyatida 9 nafar, Penza viloyatida 3 nafar, Boshqirdistonda 2 nafar, Ingushetiya, Krasnodar o‘lkasi, Lipetsk, Murmansk, Novosibirsk kabi viloyatlarda va Stavropolsk o‘lkasida bittadan bemor vafot etgan. Mamlakatda pandemiya boshlanganidan beri koronavirusdan vafot etganlar soni 361 nafarga yetgan.

Koronavirusdan tuzalganlar soni esa 3291 nafarga yetgan. Bir sutka ichida 234 nafar bemor infeksiyadan forig‘ bo‘lgan.

Mavzuga doir: 

Jons Hopkins universiteti bergan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 2,3 milliondan oshib ketgan, 160,9 ming kishi kasallik oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют