» » Fyuri, Uaylder va boshqalar. Entoni Joshua faoliyatini yakunlagunga qadar kimlar bilan jang qilmoqchi ekanligini aytdi

Fyuri, Uaylder va boshqalar. Entoni Joshua faoliyatini yakunlagunga qadar kimlar bilan jang qilmoqchi ekanligini aytdi


Boks super og‘ir vazn toifasining WBA Super, WBO, IBF yo‘nalishlari bo‘yicha Jahon chempioni Entoni Joshua kelajakdagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

Britaniyalik sportchi ayrim raqiblar bilan to‘qnash kelmagunga qadar boksdan ketish niyati yo‘qligini aytdi. Joshua Sky Sports telekanali bilan bo‘lgan intervyuda olti nafar bokschidan iborat ro‘yxatni ma’lum qildi.

Joshua ushbu ro‘yxatga Tayson Fyuri, Deontey Uaylder, Jarrel Miller, Oleksandr Usik, Luis Ortis va Adam Kovnatskiylarni kiritdi.

Joshua 2019-yilning yozida Miller bilan bahs yuritishi kerak edi, biroq Jarrel doping tekshiruvidan o‘ta olmagan. Oqibatda uning o‘rnini Endi Ruis egallaydi va Joshua ustidan sensatsion g‘alabani qo‘lga kiritadi. Faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatdan keyin Entoni revansh jangi o‘tkazadi va unda Ruisga imkon qoldirmaydi.

Shuningdek, Joshua faoliyati mobaynida ikki bor Ortis bilan jang qilgan va ularning ikkisida ham g‘alabaga erishgan. Joshua ro‘yxatdagi qolgan jangchilar bilan hali to‘qnash kelmagan.

Eslatib o‘tamiz, Joshua 25-iyulda bolgariyalik bokschi Kubrat Pulevga qarshi ringga chiqadi.

Mavzuga doir: “Fyuri o‘zini eng yaxshi deb bilsa, men bilan jang qilishi kerak” — Entoni Joshua



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют