» » “Paxtakor”dan keyin “Bunyodkor”da ham rahbariyat o‘zgarishi mumkinligi aytildi

“Paxtakor”dan keyin “Bunyodkor”da ham rahbariyat o‘zgarishi mumkinligi aytildi


Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubida tub islohotlar amalga oshishi mumkin, deb xabar berdi “Championat.asia”. Nashr bunda tasdiqlanmagan ma’lumotlarga tayangan.

Aytilishicha, “Bunyodkor” homiylari klub qayd etayotgan natijalardan qoniqmayapti. Chunki “qaldirg‘ochlar” Chempionlar ligasining ketma-ket to‘rt o‘yinida imkoniyatni boy berdi, O‘zbekiston chempionatida esa ketma-ket to‘rt o‘yinda zafar qucha olmadi.

Buning oqibatida bosh murabbiy Sergey Lushchan iste’foga chiqarilishi katta ehtimol. Uning o‘rnida kim faoliyat olib borishi mumkinligi hozircha aniq emas.

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, o‘z vaqtida Madaniyat va sport ishlari vazirining o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan Murod Aliyev “Bunyodkor”dagi lavozimlardan birini egallashi mumkin. Bunda uning qaysi vazifasini bajarishi mumkinligi ochiqlanmagan.

Опубликовано: admin (17-04-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют