» » Karantinda mast holda notanish ayolga shilqimlik qilgan farg‘onalik fuqaro qamoqqa olindi

Karantinda mast holda notanish ayolga shilqimlik qilgan farg‘onalik fuqaro qamoqqa olindi


Farg‘onada karantin qoidalarini buzib, mast holda notanish ayolga shilqimlik qilgan va IIB xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmagan fuqaro 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda “Daryo”ga Farg‘ona viloyat ma’muriy sudi sudyasi Ulug‘bek Ahmedov ma’lum qildi.

Joriy yil 15-aprel kuni taxminan soat 19:30 atrofida Farg‘ona shahar Abdurahmon Jomiy ko‘chasida 35 yoshli fuqaro T.D. spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda o‘ziga notanish bo‘lgan ayolga shilqimlik qilib, hech bir sababsiz uyatli so‘zlar bilan haqorat qilgan.

Shuningdek, fuqarolarning tinchligini buzib, baqir-chaqir qilib turgan vaqtida uning tinchlanishini va niqob taqib olishini so‘ragan IIB xodimining qonuniy talabini bajarmagan.

Qoidabuzarlik bo‘yicha T.D.ga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtrilib, sudga oshirilgan.

Farg‘ona shahar ma’muriy sudining 2020-yil 16-apreldagi qaroriga ko‘ra, huquqbuzar T.D. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi 1-qismi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish), 183-moddasi (Mayda bezorilik) va 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik harakatlarini sodir qilganlikda ayblanib, 15 sutka ma’muriy qamoq bilan jazolangan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют