» » Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri va viloyatiga doimiy propiska qilishni soddalashtirish haqidagi farmonni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri va viloyatiga doimiy propiska qilishni soddalashtirish haqidagi farmonni imzoladi


Shavkat Mirziyoyev 21-aprel, seshanba kuni, Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiska qilish tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bergan.

Xabarga ko‘ra, Prezident farmoniga muvofiq bundan buyon ishdan bo‘shatilgan va Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatga qo‘yilish yuzasidan maxsus ro‘yxat asosida propiskaga qo‘yilgan xodimning propiskasi “kuyib ketmaydi”, poytaxtdan uy sotib olish uchun propiska talab qilinmaydi, boshqa viloyatda yashovchi shaxslardan Toshkent shahridan uy olganda undiriladigan oshirilgan qiymatdagi davlat boji ham bekor qilinadi.

Hujjatga ko‘ra, “propiska” tushunchasi bekor bo‘lib, o‘rniga “ro‘yxatdan o‘tkazish” tushunchasi kiritilmoqda. Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aziz Ikromov fevral oyida shunday o‘zgarish bo‘lishi haqida gapirgandi.

Ilgari fuqaro davlat organidagi faoliyati davrida propiskaga kirgan, ishdan bo‘shatilganda yoki shartnomada belgilangan muddati yakuniga yetganda propiskadan chiqarib yuborilgan bo‘lsa, endi bunday bo‘lmaydi. Uning propiskasi saqlab qolinadi.

Bundan tashqari farmon bilan er-xotinning nikohdan keyin bir yil davomida birga yashashi talab etilgan va bir yil ichida nikoh bekor qilinganda propiskaning yo‘qolishi haqidagi talab ham bekor qilinmoqda.

Muqaddam Toshkent shahri va viloyatida doimiy ro‘yxatda turgan fuqarolar ma’lum muddat boshqa hududda yashab, o‘zlari yashagan joyga qaytib kelganda ular hech qanday qo‘shimcha shartlarsiz qayta doimiy ro‘yxatga olinadi.

Shuningdek, farmonda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) shaxslar ularning tutingan ota-onasining doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatda turish imkoniyatiga ega bo‘lishi belgilanmoqda.

Toshkent shahri va viloyatida doimiy va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tmasdan yashash muddati uzaytiriladi. Bu muddat 10 kunni tashkil etgan bo‘lsa, endi 15 kunga o‘zgartirilmoqda, deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: BMT Inson huquqlari qo‘mitasi O‘zbekistonga “propiska” tizimi borasida tavsiya berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-yanvar kuni Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida hukumat 1-aprelga qadar propiska tizimini isloh qilishni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqishi lozimligini ta’kidlagandi.

“Asosiy ishchi kuchi yashaydigan va ish o‘rinlari yaratilayotgan hududlarimiz o‘rtasida tafovut mavjud. Buning yechimi — ichki migratsiyani erkinlashtirishdir. Shu bois parlament va hukumat 2020-yil 1-aprelga qadar propiska tizimini isloh qilish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganib, aniq takliflarni ishlab chiqishi lozim”, — degan edi Prezident.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 81) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют