» » Kubogi soxta pul yasash uchun o‘g‘irlab ketilgan Angliyadagi eng “keksa” futbol musobaqasi haqida

Kubogi soxta pul yasash uchun o‘g‘irlab ketilgan Angliyadagi eng “keksa” futbol musobaqasi haqida


Angliya — futbol vatani. Aynan inglizlar futbolni o‘ylab topgan. Ular ilk futbol klubi — “Sheffild”ga asos solgan.

Shuningdek, millionlar o‘yinining asosiy qoidalarini amalga tatbiq etgan. 1871-yilda Angliya Kubogi deb atalgan musobaqani tashkil etgan. Misol uchun, Ispaniya Kubogiga 1903-yil, Italiya Kubogiga 1922-yil, Germaniya Kubogiga esa 1935-yilda asos solingan. Qayd etish joiz, Angliya futbol ligasi (EFL) 1888-yilda tashkil etilgan.

“Uonderers” — Angliya Kubogining ilk sohibi. Mazkur musobaqa tashkil etilgunga qadar “Uonderers” faqat o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etgan. London klubi kubokdagi g‘alabasidan 16 yil o‘tib tarqalib ketadi. Ammo bungacha jamoa Angliya Kubogida yana 4 marta g‘olib chiqadi. 2009-yilda esa “Uonderers” havaskor jamoa sifatida yana dunyo yuzini ko‘rdi.

Ayni damdagi Angliya Kubogining sovrini musobaqa tarixidagi to‘rtinchisi hisoblanadi. Birinchi sovrin 1895-yilda Birminghemdagi oyoq kiyimlar do‘konidan o‘g‘irlab ketiladi. Kubok o‘sha vaqtda mahalliy “Aston Villa” klubiga tegishli edi. Shundan so‘ng ushbu kubokni hech kim ko‘rmagan. O‘g‘ri ham topilmagan. Ingliz futboli rahbariyati esa bu “qilmishi” sabab “Aston Villa”ni 25 funt miqdorida jarimaga tortgan. Ushbu jarima puli evaziga yangi kubok yasattirilgan. Kubok yo‘qolganiga qariyb 60 yil bo‘lgan bir vaqtda o‘g‘ri katta sahnaga chiqdi. U kubokdan soxta tangalar yasashda foydalanilganini ma’lum qildi.

2001/02-yilgi mavsum g‘olibiga qadar hech bir klubga mablag‘ ko‘rinishida mukofot puli berilmagan. Hozir esa klublar Angliya Kubogidan o‘z ulushlarini oladi. Angliya Kubogining amaldagi g‘olibi — “Manchester Siti”. “Shaharliklar” ushbu musobaqada 6 marta g‘olib chiqqan. Londonning “Arsenal”i esa bu borada yetakchi — 13 ta sovrin. “Manchester Yunayted” bo‘lsa, Angliya Kubogi sovrinini 12 bor boshi uzra baland ko‘targan. Londonning boshqa bir klubi “Tottenhem” hisobida esa 8 ta g‘alaba mavjud. “Shporlar” so‘nggi bor ushbu sovrinni 1990/91-yilgi mavsumda qo‘lga kiritgan.

Musobaqa tashkil etilganidan keyin u sekin-asta o‘z mavqeyini yo‘qotib bordi. Jamoalar ushbu musobaqaga asosiy maqsad sifatida qaramay ham qo‘ydi. Klublar unda asosan ikkinchi tarkibini o‘ynatishga o‘rganib qoldi. Buning boisi esa Angliya chempionatining o‘zi edi. Boisi chempionat bahslari muxlislarni ko‘proq o‘ziga jalb etardi. Ammo shu bilan bir qatorda ayni damda Angliya Kubogini qo‘lga kiritish har qanday jamoa uchun juda yoqimli.

Boshqa maqolalar:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют