» » AQShda koronavirus qurbonlari soni 45 ming kishidan oshib ketdi

AQShda koronavirus qurbonlari soni 45 ming kishidan oshib ketdi


22-aprel Toshkent vaqti bilan soat 10:00 holatiga ko‘ra, AQShda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 45 063 kishiga yetdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Kasallik qurbonlarining qariyb uchdan bir qismi Nyu-York shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda — 14 887 kishi. Shaharga qo‘shni bo‘lgan Nasso ma’muriy okrugida COVID-19 oqibatida 1390 kishi vafot etgan. Qurbonlar soni bo‘yicha uchinchi o‘rinda Michigan shtatining Ueyn shahri ketmoqda — 1278 kishi.

Eslatib o‘tamiz, 20-aprel kuni AQShda bir sutka ichida 1433 kishi koronavirus oqibatida vafot etgan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 825 ming kishidan oshib ketdi. Mamlakat COVID-19 bilan kasallanganlar bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda ketmoqda. Butun dunyoda esa koronavirus bilan kasallanganlar 2,5 milliondan oshdi. AQSh ortidan Ispaniya 204 ming bemor bilan o‘rin olgan bo‘lsa, uchinchi o‘rinda — Italiya (qariyb 184 ming) joylashgan.

Mavzuga doir: JSST vakili koronavirus bilan bog‘liq o‘lim holatlarining hisob-kitobi qanday olib borilayotganini tushuntirdi

Avvalroq Tramp AQShda koronavirus sabab joriy etilgan cheklovlarni bosqichma-bosqich bekor qilish rejasi bilan bo‘lishib, shtatlar hukumatiga bu borada mustaqil qaror qabul qilishga ruxsat bergandi. Ta’kidlanishicha, hozirda AQShda koronavirusni davolash bo‘yicha 70 dan ortiq usullar sinovdan o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют