» » Karantin vaqtida teledarslar o‘tayotgan o‘qituvchilar Toshkentdagi Prezident maktabiga joylashtirildi

Karantin vaqtida teledarslar o‘tayotgan o‘qituvchilar Toshkentdagi Prezident maktabiga joylashtirildi


O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun televizion darslar tayyorlashning uzluksizligini ta’minlash hamda tasvirga olish jarayonida ishtirok etayotgan o‘qituvchilar va ularning yaqinlarini koronavirus infeksiyasidan himoya qilish maqsadida, mazkur jarayonda ishtirok etayotgan o‘qituvchilar Toshkentdagi Prezident maktabiga joylashtirildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hukumat komissiyasi teledarslarni tayyorlashda ishtirok etayotgan pedagoglar hamda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi xodimlarining COVID-19 infeksiyasini yuqtirib olishining oldini olish maqsadida darslarni tasvirga olish jarayonini kerakli moddiy texnika bazasi va yotoqxonasi mavjud bo‘lgan Toshkent shahridagi Prezident maktabida tashkil etish bo‘yicha qaror qabul qildi.

Karantin sababli O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun teledarslar namoyish etish joriy yilning 30-mart kuni boshlangan. Ushbu teledarslar Xalq ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamkorligida tayyorlanib, MTRK studiyalarida tasvirga olinayotgan edi.

Hozirgi kunga qadar o‘qituvchilar hamda teleradiokompaniya xodimlari uyidan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining Media markaziga qatnagan holda teledarslarni tayyorlayotgan edi. Onlayn maktab loyihasining barcha ishtirokchilarini COVID-19 infeksiyasidan himoya qilish maqsadida teledarslarni bir joyda tayyorlash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Loyihaning barcha 158 nafar ishtirokchisi koronavirusni aniqlash bo‘yicha virusologik tekshiruvdan o‘tkazildi va test natijalariga asosan Prezident maktabiga joylashtirildi. Pedagog va teleradiokompaniya xodimlari faoliyati uchun kerakli barcha sharoitlar yaratilgan. Jumladan, jalb qilingan xodimlarga alohida yotoq anjomlari xarid qilingan.

Teledarslarni takomillashtirish maqsadida jalb etilgan mutaxassislar esa o‘z faoliyatini masofadan davom ettiradi. Ular teledarslarni suratga olish uchun materiallarni tayyorlashga va darslarni efirga uzatishdan avval ko‘rib chiqishga ko‘mak beradi.

Avvalroq maktablarda joriy o‘quv yili onlayn maktab loyihasi doirasida yakunlanishi haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 50) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют