» » Shavkat Mirziyoyev: “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati yangi tariximiz sahifalaridan mustahkam o‘rin oladi

Shavkat Mirziyoyev: “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati yangi tariximiz sahifalaridan mustahkam o‘rin oladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatini yo‘lga qo‘yish tashabbusini ilgari surgan edi. Prezident tashabbusiga ko‘ra, pandemiya sharoitida ehtiyojmand fuqarolarga va oilalarga yordam bergan korxonalar va tadbirkorlarga davlat tomonidan bir qator imtiyozlar va preferensiyalar beriladi.

“Imkoniyatidan kelib chiqib, qaysidir tadbirkor bir oyda misol uchun 10 ta, boshqa biri esa 20 ta oilaga ko‘maklashishi, eng muhimi muhtoj oilalar a’zolarini ishga jalb qilishi mumkin. Davlat tomonidan bunday tadbirkorlarga soliq, lizing, kredit to‘lovlari, zarur resurslar bilan ta’minlash bo‘yicha turli imtiyoz va preferensiyalar beriladi. Ya’ni bu aholiga davlat tomonidan tadbirkorlik subyektlari orqali ko‘rsatiladigan saxovat va ko‘mak bo‘ladi”, — degan edi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev 22-aprel, chorshanba kuni, global inqiroz va pandemiya sharoitida mamlakat aholisi bandligi masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mazkur tashabbus yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Hozirgi og‘ir paytda aholimizning yordam va ko‘makka muhtoj qatlamlarini aniq, manzilli asosda qo‘llab-quvvatlash maqsadida ‘Saxovat va ko‘mak’ umumxalq harakatini yo‘lga qo‘yish haqidagi tashabbusni xalqimiz, jamoatchiligimiz ko‘tarinki ruhda, qizg‘in kutib olgani barchamizni, albatta, xursand qiladi.

Bu masala bo‘yicha muhtaram faxriylarimiz, olimlar, madaniyat va san’at arboblari, hurmatli ulamolarimiz, biznes hamjamiyat vakillari, yoshlarimiz tomonidan televideniye va ro‘znomalarda, ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan fikrlar, samimiy munosabat bunday ezgu intilish xalqimizning yuragida, qalbida mujassam ekanini yaqqol tasdiqlaydi.

Bu samimiy fikr-mulohazalar el boshiga ish tushgan qiyin damlarda bir-biriga yelkadosh bo‘lish, bir-biriga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish kabi eng olijanob fazilatlar xalqimizning yuragida, qalbida azaldan mujassam bo‘lganini, bugun ushbu intilishlar yanada kuchliroq jo‘sh urayotganini namoyon etadi.

Shu ma’noda, ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy bobomizning ‘Saxovatli insonning boshiga jannat daraxtlari soya soladi’ degan so‘zlarida chuqur hikmat bor, albatta.

Men, mana shu tashabbusni chin dildan qo‘llab-quvvatlab, bu savobli ishga munosib hissa qo‘shayotgan barcha vatandoshlarimizga, saxovatli tadbirkorlarimizga muqaddas kitoblarimizda aytilgan: ‘Yaxshilikning mukofoti — faqat yaxshilikdir’, degan gapni yana bir bor eslatmoqchiman.

Albatta, ehtiyojmand, kam ta’minlangan insonlar va oilalarga mehr va hurmat bilan yordam qo‘lini cho‘zadigan barcha tadbirkorlar va fermerlarga, xo‘jalik birlashmalari vakillariga, vazirlik, idora va tashkilotlarning ishchi-xodimlariga bu qilgan yaxshiliklari bir necha bor ziyoda bo‘lib qaytadi.

Ta’kidlab aytaman: o‘z navbatida, davlatimiz, jamiyatimiz saxovatpesha tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi. Ularga hech qanday og‘irlik tushmaydi.

Shu ma’noda, ‘Saxovat va ko‘mak’ umumxalq harakati davlatimiz va xalqimiz birligini, uning beqiyos qudratini yorqin namoyon etib, yangi tariximiz sahifalaridan mustahkam o‘rin oladi, deb ishonaman.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-aprel kuni bo‘lib mazkur videoselektorda O‘zbekiston xalqini Ramazon bilan tabrikladi va koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlar va kuch tuzilmalariga minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, O‘zbekistonning virusdan xoli hududlardagi bir qator sanoat korxonalarida, qurilish maydonlarida, fermer va klaster xo‘jaliklarida sanitar-epidemiologik normalarga qat’iy amal qilgan holda ishlar asta-sekin boshlanganini ma’lum qildi.

Mavzuga doir: Mirziyoyev va Erdo‘g‘on koronavirus tarqalishiga qarshi kurashishda yaqindan hamkorlik qilish niyatida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют