» » Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadidagi loyihalarga 247,6 mlrd so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadidagi loyihalarga 247,6 mlrd so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi


Hududlardagi Prezident Xalq qabulxonalari boshchiligida yoshlarni ish ta’minlash maqsadida “Har bir yoshga bir gektar” loyihasi amalga oshirib kelinmoqda. Bu haqda “Daryo”ga Prezident Xalq qabulxonasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, loyiha doirasida 2020-yilning 1-choragi natijalariga ko‘ra, respublika bo‘ylab jami 25 ming gektardan ziyod yer maydonlari yoshlarga ajratilgan. Jumladan, 1277 gektar yer — sabzavot, 1787 gektar yer — poliz, 10 296 gektar yer — dukkakli ekinlar, 7727 gektar yer — boshoqli don ekinlari va 391 gektar yer kartoshka ekish uchun, 3 866 gektar yer esa bog‘ yaratish uchun ajratilgan.

Yoshlarga biriktirilgan yerlar kooperatsiya va klaster yordamida shudgor qilingan: jami 4 ming gektarga yaqin maydonga sabzavot, poliz, ekinlari urug‘lari qadalgan, 470 ming tup mevali va manzarali daraxt ekilgan.

Bugungi kunda Xorazm viloyatida 39 mingga yaqin ishsiz yoshlar bor. Manzilli rejaga ko‘ra, yil oxirigacha ularning 29 ming nafarining bandligi ta’minlanishi nazarda tutilgan.

Andijon viloyatida mazkur loyiha asosida 2 mingga yaqin yoshlarning har biriga o‘rtacha 21 sotixdan jami 400 gektar yer maydoni ajratilib berilgan. Hozirda joylarda issiqxonalar tashkil etilib, barcha yerlarga turli xil sabzavot ekinlari, mevali va manzarali daraxtlar ekilib, parvarish qilinmoqda. Yaqin kunlarda ekinlar hosilga kiradi.

Navoiy viloyatida “Har bir yoshga bir gektar” loyihasi doirasida yoshlarga 840 gektardan ziyod bo‘sh yotgan yer maydonlari ajratib berilgan. Ularni sug‘orish uchun 11 ta yangi quduq, 20 kilometrga yaqin ariqlar qazilgan. Bugunga qadar o‘zlashtirilgan 400 gektarga yaqin hududga urug‘ va nihollar ekilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida loyiha bo‘yicha qishloq xo‘jaligi sohasiga ixtisoslashgan “Mo‘ynoq kelajagi bunyodkorlari” MChJ tashkil qilinib, ushbu korxonaning ustav fondi 75 ta avtotransport vositasi, qishloq xo‘jaligi texnikalari va mexanizmlari hisobiga shakllantirilgan.

Mavzuga doir: Karantin paytida Prezident Xalq qabulxonalari faoliyatini qanday davom ettirmoqda?

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi tegishli qarori bilan, “Mo‘ynoq kelajagi bunyodkorlari” MChJga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun bo‘sh turgan yer uchastkalari va zaxira yerlari hisobidan 10 002 gektar yer maydonlari ekinlar ekish uchun ajratib berilgan.

Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasining qolgan tumanlarida ham yoshlarga dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun qariyb 7,8 ming gektar yerlar ajratilgan. Ushbu loyiha amalga oshirilishi natijasida qariyb 1,8 ming nafar yoshning bandligi ta’minlanadi.

Mavzuga doir: Farg‘ona viloyat Xalq qabulxonalarida murojaatlar onlayn tarzda qabul qilinmoqda

Respublika bo‘ylab tijorat banklari tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida jami 5719 ta loyiha uchun 247,6 milliard so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratilgan. Har bir loyihaga o‘rtacha 43,3 million so‘mdan to‘g‘ri keladi, deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda karantin davrida Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari murojaatlarni ko‘rib chiqishni davom ettirmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 05:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют